Jahon | 23:32 / 28.07.2019
5941
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: jangarilar Nigeriyada kamida 30 kishini o‘ldirdi

Foto: REUTERS/Stringer

Boko Haram jangarilari deb gumon qilinayotgan jinoyatchilar Nigeriyaning shimoli-sharqida kamida 30 kishini otib o‘ldirgan. Voqea Borno shtatidagi dafn marosimida sodir bo‘lgan. Bu haqda Reuters agentligi xavfsizlik mulozimi axboroti va guvohlar ko‘rsatmasiga asoslangan holda xabar qilmoqda

Borno Boko Haram va G‘arbiy Afrikadagi Islom davlati terrorchilik tashkilotlari faol bo‘lgan shtat hisoblanadi. Umuman, bu yerdagi ziddiyat o‘n yillardan buyon davom etmoqda va bu vaqt ichida minglab kishilar o‘ldirilgan, millionlab insonlar mintaqani tark etishga majbur bo‘lgan. 

Voqeaga guvoh bo‘lgan fuqaroning aytishicha, jangarilar qishloqdagi dafn marosimida to‘planganlarga qarata o‘t ochishdan avval to‘planib turganlarini ko‘rgan. 

Xavfsizlik mulozimiga ko‘ra, jangarilar mototsikllar va minivenlarda kelib, qishloqqa hujum qilgan va 30dan ortiq fuqaroni o‘ldirgan. Ular, shuningdek, boshqa bir qishloqqa ham hujum qilgan. 

Nigeriya armiyasi mazkur xabarni izohlamagan.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid