Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Cho‘lpon-Otadagi uchrashuv. Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlari nimalar haqida gaplashishdi?
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Cho‘lpon-Otada muzokaralarni davom ettirdi, deb xabar berdi Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, Sooronbay Jeenbekov Emomali Rahmonning tashrifi o‘zaro hamkorlikka qo‘shimcha turtki berishini ta'kidlagan.
«Biz qirg‘iz-tojik chegarasini delimitatsiya qilishni tezlashtirish bo‘yicha yakdil fikrga keldik, chegara bo‘yicha ishlarni o‘zaro hurmat va o‘zaro manfaatlarni hisobga olgan holda olib borishga kelishib oldik. Biz mintaqaviy va xalqaro muammolar bo‘yicha fikr almashdik», — dedi Sooronbay Jeenbekov.
«Mehmondo‘st qirg‘iz yerida uchrashib turganimizdan xursandman. Bu uchrashuv qirg‘iz-tojik masalasidagi konstruktiv suhbatimizni davom ettirishga imkon beradi. Biz Qirg‘iziston bilan o‘zaro hamkorlikni barqaror rivojlantirishdan manfaatdormiz, ahil qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga katta e'tibor qaratamiz», — qayd etdi Emomali Rahmon.
Eslatib o‘tamiz, 26 iyul kuni Sooronbay Jeenbekov Emomali Rahmonning taklifiga binoan Tojikistonning Isfarasiga qisqa muddatli ishchi tashrifni amalga oshirgandi. Uchrashuvda ikki davlat rahbarlari o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilishgandi.
Mavzuga oid
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
17:41 / 02.07.2026