Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belarus respublikasi kengashi raisi Belarus va O‘zbekistonning savdo qonunchiligini uyg‘unlashtirishni taklif qildi
Belarus va O‘zbekiston milliy savdo qonunchiligini uyg‘unlashtirishi lozim. Bu haqda Belarus respublikasi kengashi raisi Mixail Myasnikovich Minskda boshlangan O‘zbekiston — Belarus hududlararo forumi ochilishi marosimida fikr bildirdi.
U ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha qator takliflarni ilgari surdi. Mixail Myasnikovich "savdo munosabatlarini tartibga soluvchi milliy qonunchiliklarni uyg‘unlashtirish kerakligini" aytdi.
Myasnikovich parlamentlararo va hukumatlararo komissiyalarga Belarus-O‘zbekiston shartnomaviy-huquqiy bazasini tahlil qilish, uni to‘ldirish va faollashtirishni taklif qildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 31 iyul — 1 avgust kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Oliy darajadagi O‘zbekiston-Belarus muloqotining davomi sifatida Minsk shahrida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning holati va istiqbollarini, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
10:17 / 16.07.2026
O‘zbekistonga yana juda issiq havo oqimlari kirib keladi
14:46 / 15.07.2026
Parlamentlararo ittifoq O‘zbekiston tajribasini namuna sifatida ko‘rsatdi
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026