Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonda harbiy samolyot qulashi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi
Pokistonning Ravalpindi shahri yaqinida mashg‘ulot parvozi vaqtida yashash xonadonlari ustiga harbiy samolyot qulab tushishi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.
Armiya aviatsiyasi samolyoti Mora Kalu qishlog‘iga qulab tushganida oddiy o‘quv parvozini amalga oshirayotgan bo‘lgan.
Harbiylarning bildirishicha, aviahalokat natijasida besh nafar harbiy hamda 12 nafar aholi qurbon bo‘lgan.
Favqulodda vaziyatlar xizmati vakili Faruk Battning ma'lumot berishicha, yana 15 kishi turli darajada tan jarohati olgan.
Voqea joyida qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda. Qurbonlar soni o‘sishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
08:49 / 18.06.2026