Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belarus va O‘zbekiston bojxona xizmatchilari huquqbuzarliklarga qarshi kurashish sohasida hamkorlik qiladi
Belarus va O‘zbekiston bojxona xizmatlari rahbarlari axborot hamkorligi shartlarini tasdiqlashdi, deb xabar berdi BeLTA.
Bugun Minskda Belarus va O‘zbekiston bojxona qo‘mitalari rahbarlari Yuriy Senko va Murodjon Azimov o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar o‘zaro savdo tizimi to‘g‘risidagi 2018 yilgi hukumatlararo kelishuvni amalga oshirish bo‘yicha ishlarga alohida e'tibor qaratdi.
Bojxona qo‘mitalari rahbarlari axborot hamkorligining texnik shartlarini tasdiqlashdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 31 iyul kuni rasmiy tashrif bilan Minskka yetib bordi.
Oliy darajadagi muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning holati va istiqbollarini muhokama qilish, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti imzolanishi hamda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni, jumladan, investitsiyalar, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik kooperatsiya sohalarida hamkorlikni kengaytirishga, hududlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatishga mustahkam asos yaratadigan salmoqli hujjatlar to‘plami qabul qilinishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
09:01 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin
08:33 / 04.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonga texnik yordam ajratadi
17:49 / 02.06.2026
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonda Yevroittifoqning deportatsiya markazi tashkil qilinishini rad qildi
09:00 / 01.06.2026