Ötgan yili 9 sentabr kuni Human Righs Watch Xitoyning Şinjon viloyatida musulmon aholi ta'qibga uçrayotgani haqidagi ma'ruzasini e'lon qilgandi: taşkilot ma'lumotlariga köra, bu yerda keyingi yillarda uyğurlar ommaviy va köpinça asossiz ravişda uşlanmoqda hamda qamoq va tarbiya lagerlariga taşlanmoqda; millionlab kişilar ustidan muntazam videokuzatuv taşkil etilgan bölib, ularning ijtimoiy ahvoli va taqdiri «ijtimoiy kredit» tizimida töplangan ballarga boğliq. Human Righs Watch’ning bildirişiça, Xitoyda bunday miqyosdagi qatağonlar Madaniy inqilob davridan buyon kuzatilmagan.
Xitoy taşqi işlar vaziri Van I germaniyalik hamkasbi Xayko Maas bilan uçraşuvidan söng mazkur masalaga munosabat bildirgan.
«Şinjonda musulmonlar qayta tarbiyalaş lagerlariga majburiy ravişda qamab qöyilayotgani haqidagi xabarlarni odamlar e'tiborsiz qoldirişi kerak», — degan u.
Ammo ötgan oylar davomida masala xorijiy OAVda köp yoritila boşlandi. Va nihoyat, BMTning Inson huquqlari böyiça kengaşida Şinjon-Uyğur muxtor tumanidagi penitensiar muassasalarda uyğurlarni «qayta tarbiyalaş» böyiça Xitoy siyosatini qöllab-quvvatlaydigan davlatlar paydo böldi.

Dastlab, 22 davlat (Yevropa ittifoqiga a'zo mamlakatlar, Yaponiya, Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya) oçiq xatda Pekinning xatti-harakatlarini qoralab çiqqan. Şundan söng, yuqoridagi 40ga yaqin mamlakat BMT Inson huquqlari böyiça kengaşi sessiyasida Xitoy bayonotini qöllab-quvvatlagan. Ular orasida Rossiya, Belarus va Tojikiston vakillari borligi aytildi.
Xitoy hukumatiga tegişli axborot agentligi tarqatgan ma'lumotga köra, BMT Jyeneva qarorgohida 50 mamlakat elçisi Xitoyning Şinjon böyiça pozitsiyasini qöllab-quvvatlagan. Hozirça faqat Xitoy axborot manbalari tomonidan tarqatilayotgan xabar ğarb matbuoti tomonidan tasdiqlanmadi. Şuningdek, murojaatni imzolagan davlatlar nomi ham oşkor etilmagan.
Reuters agentligi röyxatda musulmon davlatlar, xususan Saudiya Arabistoni bölganini ma'lum qilgan.
Minbar.uz saytida yozilişiça, Özbekiston ham Xitoyning uyğurlarga nisbatan siyosatini qöllab-quvvatlagan 50 mamlakat içida bor. Ammo bu rasman tasdiqlanmadi.
Özbekiston Taşqi işlar vazirligi mazkur holatga izoh bermasligini ma'lum qildi.
Tibet va Şinjondagi Xitoyning etnik kamçiligini taşkil qiluvçilar hayotini tadqiq etayotgan tadqiqotçi Adrian Zenz esa Özbekiston mazkur röyxatda mavjudligini ma'lum qilgan.
Sönggi kunlarda bu mavzu ijtimoiy tarmoqda muhokama qilinmoqda. Özbekistonlik deputat Qobul Dösov mazkur masalada munosabat bildirib, musulmon uyğurlar özbeklarning bir parçasi ekanini eslatgan. Xalq deputatlari Böstonliq tuman Kengaşi a'zosi bölgan Dösov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida davlat rahbaridan taşabbusni qölga olib, uyğurlarga himoyasiga otlanişni söragan.
Bir paytlar Muhammad Imin Sadr Qoşğariy özining «Asar al-futuh» kitobida (1790) Uyğuriston deb nomlagan hudud zamonaviy Xitoy tarkibidagi muxtor hudud hisoblanadi. Bu joyga Sinsyan («yangi çegara») nomi berilgan. 23 milliondan ortiq kişi istiqomat qiluvçi hudud Xitoyning jami maydonining 1/6 qismini taşkil qiladi. Şuningdek, 7ta davlat, xususan Rossiya, Möğuliston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Afğoniston va Hindiston bilan umumiy çegaralarga ega.
Tarixiy manbalarda Şarqiy Turkiston nomi bilan maşhur bölgan Şinjonda turkiylarga mansub uyğur xalqi turli millat va elatlar bilan birgalikda umrguzaronlik qilib keladi.












