Şinjonda musulmonlar qayta tarbiyalaş lagerlariga majburiy ravişda qamab qöyilayotgani haqidagi xabarlarni odamlar e'tiborsiz qoldirişi kerak. Xitoy taşqi işlar vaziri Van I germaniyalik hamkasbi Xayko Maas bilan uçraşuvidan söng şunday bayonot berdi, deb xabar qilmoqda Reuters.

Foto: Reuters/Jason Lee

Vazirning sözlariga qaraganda, odamlar mahalliy hukumatning terrorizm bilan kuraş, ekstremizm tarqalişiga yakun yasaş va ijtimoiy barqarorlikni ta'minlaş böyiça sa'y-harakatlarini tuşunadi hamda qöllab-quvvatlaydi. «Odamlar miş-mişlarga quloq tutişi kerak emas, sababi Şinjon-Uyğur muxtor tumani hukumati mintaqadagi vaziyatni boşqalardan köra yaxşiroq biladi», - dedi u.

Van Ining qöşimça qilişiça, rasmiylar xatti-harakati terrorizmga qarşi kuraşda xalqaro hamjamiyat tomonidan körilayotgan çoralarga töliq mos keladi. «Agar biz teraktlarning oldini olsak, unda terrorizm tarqalmaydi va mustahkamlana olmaydi», - deya ta'kidlab ötdi diplomat.

Agentlikning yozişiça, bir neça Ğarb mamlakatlari, şu jumladan, Kanada, Fransiya, Germaniya va AQŞ Xitoyni Şinjon-Uyğur muxtor tumanidagi musulmonlar ommaviy ravişda hibs qilingan lagerlarni yopişga çaqirgan. Sentyabr oyida Vaşington uyğurlar kamsitilayotgani tufayli Xitoyga qarşi sanksiyalar qöllaş ehtimolini körib çiqayotgani ma'lum bölgandi.

Oktyabr oyida Pekin birinçi marotaba Şinjon-Uyğur muxtor tumanida «şaxsiy va professional-malaka ta'limi böyiça tadbirlar ötkaziluvçi maxsus öquv markazlari» haqida ma'lumot berdi. Ularda huquqdan dars ötiladi, «mafkuraviy tarbiyalaş bilan şuğullanişadi, öy-xayollarni tartibga soliş, xatti-harakatlarni töğrilaş, davlat tili bölgan xitoyçani örganiş uçun yordam berişadi».