9 sentabr kuni Human Rights Watch Xitoyning Sintszyan viloyatida musulmon aholi ta'qibga uçrayotgani haqidagi ma'ruzasini e'lon qildi: taşkilot ma'lumotlariga köra, bu yerda keyingi yillarda uyğurlar ommaviy va köpinça asossiz ravişda uşlanmoqda hamda qamoq va tarbiya lagerlariga taşlanmoqda; millionlab kişilar ustidan muntazam videokuzatuv taşkil etilgan bölib, ularning ijtimoiy ahvoli va taqdiri «ijtimoiy kredit» tizimida töplangan ballarga boğliq. Human Rights Watch’ning bildirişiça, Xitoyda bunday miqyosdagi qatağonlar Madaniy inqilob davridan buyon kuzatilmagan.

«Meduza» Sintszyanda bölgan jurnalist va sayyohning maqolasini e'lon qildi.

Muallifning yozişiça, Sintszyanda WhatsApp va Facebook bloklangan bölib, ularni örnatganlik uçun qamoq kutadi.

Foto: Getty Images

«2017 yil aprelidan dinga qattiq beriliş, paranji öraş, öta milliy kiyiniş, Qur'onni omma oldida öqiş va hatto farzandiga arabça ism qöyiş ham qatağon qiliş uçun bahonaga aylandi. Norozilar «tarbiyalaş lagerlariga» — sahrodagi zirhlangan darvozalar, qalin devorlar, tikanli simlar va köp sonli soqçilar bilan qurşalgan hududga jönatiladi», deb yozadi u.

Uning ta'kidlaşiça, Sintszyanda musulmonlarni kuzatiş uçun ularning telefonlariga JingWang Weishi maxsus ilovasi örnatiladi. JingWang politsiyaga qurilmaning identifikatsiya raqamini, uning modeli va egasining telefon raqamini uzatadi, telefondagi axborotlarni monitoring qiladi hamda egasiga davlat nuqtai nazaridan xavfli sanaladigan ma'lumotlardan ogohlantiradi.

«Ilk yadroviy portlaşlar sinab körilgan Sintszyan yana tajriba maydoniga aylandi —mamlakatda işlayotgan 20 millionta videokameraning katta qismi şu yerda örnatilgan. Ularning soni naqadar köpligini rasmiy manbalar ham tasdiqlaydi — 2016 yilda Xitoyning içki xavfsizlik xarajatlari mudofaa xarajatlaridan 13 foizga köproq bölgan. 2014 va 2016 yillar oraliğida Sintszyan kuzatuv uçun boşqa hududlarga nisbatan ikki baravar, 2017 yilda uç baravar köp mablağ sarflagan», deb yozadi u.

Foto: Getty Images

Uning yozişiça, har bir köçada tikanli sim bilan öralgan politsiya posti örnatilgan. Uylarning tomlari, devorlar va maxsus ustunlarda kuzatuv kameralari örnatilgan. Uyğur millatiga mansub har bir fuqaro bir kvartaldan ikkinçisiga ötiş uçun plastik ID kartasini körsatişi, sumkasini tekşirtirişi, közini skaner qildirişi, ayrim hollarda esa telefonini tekşirişlari uçun politsiyaga taqdim etişi şart. Banklar, kasalxona, supermarket va yerosti yöllarida ham ularni ana şunday jarayon kutadi. Köçalar zirhli texnika, maxsus harbiylar va köngillilar guruhlari tomonidan nazorat qilinadi.

Foto: Getty Images

«Masjidlar eşiklariga qulf osilgan. Oddiy oşxona piçoği sotib olinganida ham uyğurlar lazer orqali piçoq tiğiga uning egasini aniqlaydigan QR-kod qöydirişlari şart, Oqsuv şahridagi restoranlarda piçoqlar zanjir bilan devorga mahkamlangan», deb yozadi u.

Muallifning qayd etişiça, Sintszyadagi uyğurlarning xonadonlariga vaqti-vaqti bilan maxsus guruh kirib turli savollar beradi. Uyda taqiqlangan buyum yoki kitoblar bor-yöqligini tekşiradi. Bunday tekşiruvlar bir neça soat yoki bir neça kun davom etişi mumkin. 

Foto: Getty Images

Bu yerda fuqarolar balli reyting tizimi asosida baholanadi. Bankdan qarzdorlik, yöl harakati qoidasini buzganlik uçun jarima, jamoat joylarida çekiş reytingning pasayişiga sabab böladi. Qon topşiriş, xayriya loyihasida iştirok etiş orqali ballarni oşiriş mumkin.

«Ammo uzoq vaqt videoöyin öynaş, masjidga tez-tez qatnaş, notinç hududlarga boriş va şubhali şaxslar bilan muloqot qilganligi videokamerada qayd etilişi ballarning pasayişiga olib keladi», deb yozadi u.

Muallifning yozişiça, yuqori ball mehmonxonada depozitsiz joylaşiş, kommunal xizmatlar uçun çegirma oliş va bankdan foizi kam kredit oliş imkoniyatini beradi. Past ball bilan iş va kvartira topiş qiyinlaşadi. Ball pasaygani sari muammo jiddiylaşib boradi: erkin yuriş imkoniyati çeklanadi, yaxşi dökonlarga kiriş va hattoki tanişuv saytlarida röyxatdan ötişga tösiq qöyiladi.

«Sintszyanda ma'lumotlarni qayta işlaydigan sun'iy ong jamiyatni «xavfsiz», «me'yordagi» va «xavfli» fuqarolarga ajratadi. Ularning yoşi, e'tiqodi, sudlanganl igi va xorijliklar bilan aloqalari hisobga olinadi», deb yozadi muallif.

Uning yozişiça, bu yerda pasport olayotgan şaxs DNK namunasi topşirişga majbur.

Muallifning ta'kidlaşiça, Sintszyanda köpsonli «tarbiya lagerlari» bölib, ularda yuz minglab mahbuslar saqlanadi.

Foto: Getty Images

Uning «Butunjahon uyğurlar kongressi» boş kotibi Dolkun Aysaga tayanib yozişiça, lagerlarda uç millionga yaqin mahbus bor.

Maqolada keltirilgan faktlar haqiqatga qay darajada mos keladi, bunisi aniq emas, «Meduza» naşri «muallifning xavfsizligi nuqtai nazaridan» uning ism-şarifini e'lon qilmagan.

Foto: Getty Images