AQŞ prezidenti Donald Trampning Xitoy bilan muzokaralar asosida özaro tarif stavkalarini özgartiriş töğrisidagi farmoniga köra, Qöşma Ştatlar Xitoy eksporti uçun tariflarni 120 foizdan 54 foizga özgartirdi.
Yuk jönatiş uçun minimal tölov miqdori özgarişsiz 100 AQŞ dollari miqdorida qoladi. Özgarişlar 14 may kuni mahalliy vaqt bilan 0:01 (Toşkent vaqti bilan 09:01) da kuçga kirişi kutilmoqda.
Savdo vaziri, içki xavfsizlik vaziri va AQŞ savdo vakili, hujjatga köra, amaldagi qonunçilikka muvofiq buyruqni amalga oşiriş uçun barça zarur çoralarni körişi şart.
12 may kuni AQŞ va Xitoy Jyenevada bölib ötgan savdo uçraşuvidan söng özaro bojlarni 90 kunlik muddatga kamaytirişga kelişib olgani haqida xabar berilgan edi.
2 aprel kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp 200 ga yaqin mamlakat tovarlariga, jumladan, Xitoy tovarlariga qöşimça 34 foizlik boj kiritilişini e’lon qildi. Bunga javoban Xitoy 10 apreldan boşlab barça Amerika importiga 34 foizlik tariflarni e’lon qildi. 8 aprel kuni Tramp Xitoyga bojlarni 104 foizga, Pekin esa AQŞ tovarlariga bojlarni 84 foizga oşirdi. Keyin Amerika rahbari tariflarni 125 foizga oşirdi, 10 aprelda esa ular 145 foizga yetdi. Öz navbatida, 11 aprel kuni Xitoy Amerika tovarlariga nisbatan tölovlarni 125 foizgaça oşirdi.

















