Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda jahon standartlariga javob beruvchi bolalar onkogemotologiya markazini barpo etish taklif qilindi
Foto: Shutterstock
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida jahon standartlariga javob beruvchi bolalar onkogemotologiya markazini barpo etish haqida petitsiya joylashtirildi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda bolalar o‘rtasida turli kasalliklar, xususan, oqqon kasalligi ham tobora ortib bormoqda. Bu esa bolalarni katta xavfdan asrash uchun ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni jadallashtirish zarurligini anglatadi.
“Mamlakatimizda Bolalar onkogemotologiya markazining qurilishi – O‘zbekistonning o‘z farzandlari taqdiriga befarq emasligini ko‘rsatibgina qolmay, bolalar kasalliklarini oldini olish borasidagi amaliy ishlarni yanada jadallashtirishga munosib hissa qo‘shadi”, - deyiladi murojaatda.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, jahon standartlariga javob beruvchi bolalar onkogemotologiya kompleks markazini barpo etish taklif qilinmoqda.
Mavzuga oid
16:04 / 01.12.2025
Iste’molchi murojaatlari uchun yangi onlayn platforma ishga tushirildi
08:32 / 02.08.2025
Bojxona sohasida tadbirkorlar murojaatini sudgacha ko‘rib chiqish tartibi joriy etildi
14:12 / 28.04.2025
Qiynoqqa solish holatlari to‘g‘risidagi murojaatlarni tezkor tekshirish mexanizmi joriy etiladi
16:47 / 24.01.2025