Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda mashinaning daryoga qulab ketishi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
O‘zbekistonning Tojikistondagi elchixonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2019 yilning 30 iyul kuni So‘g‘d viloyati Shahriston dovonida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi va mashinaning daryoga qulab ketishi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi A.D. vafot etdi.
Tashqi ishlar vazirligi xabarida aytilishicha, boshqa hamyurtimiz A.N. jarohat olgan va kasalxonaga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, marhumning jasadi qarindoshlari hamrohligida vatanga yuborildi.
Elchixona vaziyatni nazoratga oldi va jarohatlangan hamyurtimizga yordam berishning konsullik-huquqiy masalalari bilan shug‘ullanmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildirgan va Tojikiston hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarurat vaziyatlarda mamlakatning Dushanbe shahridagi elchixonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +992-37-224-75-39, +992-37-228-99-03, +992-37-224-75-42.
Mavzuga oid
10:56
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026
Toshkentda Lacetti chiroq ustuniga borib urildi
10:44 / 07.07.2026