O‘zbekiston | 12:45 / 03.08.2019
16360
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat xizmatlari ko‘rsatishda qator muammolar yuzaga kelayotgani aniqlandi

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada yaxshilash uchun bir qator ishlarni amalga oshirish lozim, deb xabar bermoqda Davlat xizmatlari agentligi.

Qayd etilishicha, ular ichida, davlat xizmatini ko‘rsatuvchi organlardagi qog‘oz ko‘rinishidagi arxiv ma'lumotlarini to‘liq raqamlashtirish (otsifrovka) masalalariga e'tibor qaratish bor.

Shunga ko‘ra, davlat xizmatlarini ko‘rsatishga mas'ul bo‘lgan barcha davlat idoralarining arxiv ma'lumotlarini 2025 yilgacha bosqichma-bosqich raqamlashtirish talab etiladi. 

Ta'kidlanishicha, davlat xizmatlari ko‘rsatishda ishtirok etadigan davlat organlarining markazlashgan ma'lumotlarni qayta ishlash markazlari tashkil etilmaganligi oqibatida davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida quyidagi muammolar yuzaga kelmoqda: 

- davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar idoralararo integratsiya platformasiga ulanmaganligi oqibatida ular o‘rtasida o‘zaro elektron axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yilmagan;

- 30dan ortiq davlat organlarida hanuzgacha idoraviy ma'lumotlar bazalari shakllantirilmaganligi sababli ularni yagona davlat xizmati platformasiga ulashning imkoni mavjud emas;

- mazkur davlat organlari tomonidan taqdim etiladigan turli qog‘oz ko‘rinishidagi ma'lumotnoma va boshqa hujjatlarni raqamlashtirish (otsifrovka qilish) sustligicha qolmoqda. 

Mavzuga oid