O‘zbekiston | 10:01 / 07.08.2019
15521
2 daqiqa o‘qiladi

Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi

Foto: AFP

2019 yil 6 avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta'minlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini muhokama qildilar.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, majlisda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi. 

Ta'kidlanganidek, amaldagi qonun Hukumat faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni to‘liq qamrab olmagan, Vazirlar Mahkamasi a'zolarining o‘ziga biriktirilgan aniq soha va tarmoqlar uchun javobgarligi hamda ularni baholash mezonlari tartibga solinmagan. 

Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tartibga soladigan qonun hujjatlaridagi mavjud bo‘shliqlarni bartaraf etadi. Hukumatning tarmoq va sohalardagi vakolatlari aniq belgilab berilgan holda, uning ushbu sohalarni rivojlantirish bo‘yicha javobgarligi kuchaytiriladi. Turli darajadagi qonun hujjatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan yagona qonunda mujassamlashadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid