Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR Yapon dengizi tomon "noma'lum snaryadlar" yo‘lladi
Shanba kuni KXDR hududidan Yapon dengizi tomon qaysi turga mansubligi aniqlanmagan ikkita snaryad yo‘llandi, deb xabar berdi "Ryonxap" agentligi.
Qayd etilishicha, Janubiy Koreyaning shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi bu xabarni hozircha izohlamagan.
KXDR 6 avgust kuni raketa sinovini o‘tkazgan edi. Bugungi raketa uchirilishi ikki hafta ichidagi to‘rtinchi sinov bo‘ldi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR rahbaridan maktub olganini, maktubda u KXDRning raketa uchirishidan o‘zi ham xursand bo‘lmaganini yozganini aytgandi.
Maktubda yozilishicha, raketalar AQSh va Janubiy Koreyaning hamkorlikdagi harbiy mashg‘ulotlariga javoban uchirilgan.
Mavzuga oid
08:36 / 02.07.2026
Rossiyaning dron va raketa hujumlari iyun oyida qisqardi
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
08:48 / 20.06.2026
Dunyo kosmodromlari xaritasi: kim eng ko‘p raketa uchirmoqda?
20:27 / 09.06.2026