Rişton haşaridagi qurbon. Qöştepa hokimi nimani yaşiryapti?
|12:59 / 10.08.2019178 60613 min
Farğona viloyati, Rişton tumani markazidagi qayta quriş işlari, «buz-buz»lar oqibatida aholi vakillarining huquqlari poymol etilayotgani haqida saytimizda juda köp maqolalar va reportajlar e'lon qildik.
Avvaliga turfa muammolar aholi vakillarining uylari ogohlantirişsiz, ularga heç qanday şaroit yaratilmay buzilib, kompensatsiya pullari berilmayotganida edi.
Söng Riştondagi quriliş işlariga barça tumanlardan, viloyatdagi barça taşkilot vakillari «haşar» niqobi ostida majburiy mehnatga jalb etilayotgani ijtimoiy tarmoqlarda kun tartibi darajasida muhokama qilindi.
Rişton markazidagi buziliş va quriliş işlarida Qöştepa tuman Obodonlaştiriş bölimi xodimlari ham işlaşmoqda.
Bugungi maqolamiz Rişton haşaridan qaytayotganida yöl-transport hodisasiga uçrab vafot etgan taşkilot xodimi haqida.
Yöl hodisasi
Farğona viloyati Qöştepa tumanida 28 iyul kuni tunda sodir bölgan yöl-transport hodisasi haqidagi xabar internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan söng biz Farğona IIB matbuot xizmati bilan boğlanib, ulardan rasmiy ma'lumot söradik.
Bizga voqea töğrisida quyidagi axborotnomani berişdi:
“2019 yil 29 iyul kuni soat 00:10 larda tuman ŞTTYoMdan olingan xabarga köra, Qöştepa tumani “Fayz” MFYda yaşovçi 33 yoşli Olimjon Rahmonov öziga tegişli “VAZ-2106” (“Jiguli”) rusumli avtomaşinasini “Qöştepa—Çimkent” yölida boşqarib ketayotib, qarama-qarşi yönalişdan harakatlanib kelayotgan Qöştepa tumani “Sohibkor” MFYda yaşovçi 28 yoşli Rayimjon Odilov boşqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomaşina bilan töqnaşuv sodir etgan.
Mavzuga oid
Yöl-transport hodisasi oqibatida “Jiguli” yölovçisi Qöştepa tumani “Yangiariq” MFY Navnihol köçasida yaşagan 48 yoşli Uluğbek Ahmadjonov oçiq miya şikasti taşxisi bilan Langar ŞTTYoM jonlantiriş bölimiga yotqizilgan. Körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, şifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan. Şuningdek, “Lasetti” yölovçisi 1991 yilda tuğilgan Şoira Yöldoşeva ham davolaniş uçun Langar ŞTTYoMga yotqizilgan.
Ötkazilgan suriştiruvga köra, şu kuni Qöştepa tumanida sodir bölgan yöl-transport hodisasida jabrlanganlar ommaviy haşarda bölmagan va hodisa sodir bölişidan avval ular özlarining şaxsiy yumuşlari bilan şuğullanayotgan bölgan”.
Barçamizga ma'lumki, Mehnat kodeksining mavjud moddalariga asosan xodim iş vaqtida tan jarohati olsa yoki baxsiz hodisa tufayli vafot etsa, unga yoki uning oilasiga tovon puli va farzandlariga zarar pullari tölanadi.
Ma'lumotnomaning sönggi qatoridagi izohga e'tibor qaratgandirsiz? Şubhali holat. Bu izohni öqib fikrimiz özgardi va savollar paydo böldi. Mutasaddilar tomonidan obodonlaştiriş boşqarmasi xodimining haşardan qaytayotib “avariya”ga uçraşini yaşiriş holati bölmayotganmikan? Marhum - Qöştepa tuman obodonlaştiriş bölimi xodimi Uluğbek Ahmadjonov öşa kuni haqiqatan ham Riştondagi haşardan qaytayotganmidi?
Biz Farğona viloyati Qöştepa tumanida Uluğbek Ahmadjonovning yaqinlari bilan suhbatlaşib voqeaga oydinlik kiritdik.
Marhumning yaqinlari nima dedi?
Qöştepa tuman, “Yangiariq” mahalla, Navnihol köçasi 4-uydamiz. Motamsarolik hukmron bölib turgan xonadon. Marhumning yaqinlari bilan suhbatlaşdik. Baxsiz hodisa qurboni bölgan Uluğbekning ikki nafar norasida farzandi bor ekan. Beş yoşli qizi Mohlaroy va ikki yoşga tölgan Olimjon.
Biz maş'um hodisa yuz bergan paytda öşa joyda bölgan marhumning qaynoğasi Pölatjon Umarov bilan suhbatlaşib, voqeaga oydinlik kiritdik.
“Men ham Qöştepa tuman obodonlaştiriş boşqarmasida xodim bölib işlayman. Öşa kuni Rişton tumaniga borib, “snos” işlari, ya'ni haşarda iştirok etganmiz. Ertalab soat beş-oltilarda hokimiyat binosi oldiga yiğilamiz. Haşarga işçilar uç-törtta avtobuslarda taşiladi. Marhum Uluğbek akam işxonada omborçi bölib işlagani uçun u yerda işçilarni boşqarardi. Öşa kuni şomda işni tugatib, Qöştepa tomon qaytdik. Ayollar boşqa avtobusda ertaroq uyga ketişdi. Biz soat 21larda avtobusga ötirdik. Uluğbek aka esa yana bir özimizda işlaydigan xodim Olimjon Rahmonovning “Jiguli” maşinasida bizdan oldinda ketdi. Yöl yurib ketayotib oldimizda avariya bölganini kördik. Maşinani tanib avtobus töxtadi. Qarasak, Uluğbek aka yerda yotgan ekan. Haydovçi Olimjon ham jarohat olgan. Oğir holatdagi Uluğbek akani Langar kasalxonasiga olib keldik. Rentgen xonasiga olib kirganimizda joni uzildi. Jonlantiriş bölimiga yetib bormadi. “Avariya” haşardan, işdan qaytayotib bölgan. Bu hodisaga özim guvohman”, deydi Pölatjon Umarov.
Marhumning xonadonida uning ayoli Muqaddasxon va volidasi 85 yoşli Pölatxon ona bilan qisqa suhbatlaşdik. Ular qöqqisdan kelgan musibatdan karaxt ekanligini aytişdi. Ayoli ham Uluğbekning ertalab Riştonga haşarga ketib, falokatga uçraganini bildirdi.
Tuman kasalxonasiga borib, öşa kuni “avariya”ga uçragan “Jiguli” haydovçisi Olimjon Rahmonov bilan uçraşdik. Uning oyoği qattiq şikast yegan va davolanmoqda. U ham öşa kuni haşardan qaytayotganda YTHga uçraşganini aytdi.
Mavhumlik...
Eng avvalo Uluğbekning ölimi işlab çiqarişdagi baxsiz hodisa hisoblanadimi yoki hisoblanmaydimi, degan savolga javob topiş kerak. Yana bir savol: xodim haşar işlariga jalb qilinib, işdan qaytayotgan paytda vafot etsa, uning oilasiga zarar, ya'ni xalq tili bilan aytganda, tovon puli tölanadimi?
Farğona IIB tomonidan berilgan ma'lumotdagi izohga köra, jabrlanganlar ommaviy haşarda bölmagan va hodisa sodir bölişidan avval özlarining şaxsiy yumuşlari bilan şuğullanayotgan bölgan.
Biz marhumning xonadonida bölganimizda yana bir hujjat bilan tanişdik. Bu, “Ölim haqida tibbiy guvohnoma” edi. 62-sonli uşbu hujjatning 9-bölimida marhum “Işdan taşqari baxsiz hodisadan” ölim topgani keltirilgan. Bu hujjat oilaga beriladigan zarar pulini tasdiqlaş uçun qay darajada muhimligini aniqlaş lozim.
Mana şu joyda huquqşunos Xuşnud Xudoyberdiyevning Kattaqörğon tumanidagi 42-maktabning mehnat ta'limi öqituvçisi, 23 yoşli Diana Yenekeyevaning Rişton haşariga öxşaş hodisa oqibatida vafot etganida e'lon qilingan xulosalaridan foydalanamiz.
Iş beruvçi qanday zararlarni tölaşi kerak?
Mehnat kodeksining 192-moddasiga binoan xodim mehnatda mayib bölişi, kasb kasalligi yoki mehnat vazifalarini bajariş bilan boğliq holda soğliğiga boşqaça tarzda şikast yetişi sababli vafot etgan hollarda iş beruvçi marhumning qaramoğida bölgan mehnatga qobiliyatsiz şaxslarga, şuningdek ön olti yoşga tölmagan yoki u vafot etgan kunga qadar undan ta'minot oliş huquqiga ega bölgan şaxslarga, marhumning vafotidan keyin tuğilgan farzandiga, şuningdek ota-onasidan biriga, umr yöldoşiga yoki oilaning boşqa a'zosiga, agar u işlamasdan marhumning uç yoşga yetmagan bolalari (ukalari, singillari) yoki nevaralarining parvarişi bilan band bölsa, zararni tölaşi şart.
193-moddasida esa zarar miqdori körsatilgan bölib, vafot etgan boquvçining qaramoğida bölgan va uning vafoti munosabati bilan zararni undirişga haqli bölgan mehnatga qobiliyatsiz şaxslarga tölanadigan zarar miqdori marhumning örtaça oylik iş haqi miqdorida belgilangan. Demak, marhumning farzandlari 16 yoşga tölgunça otasining örtaça oylik iş haqi miqdorida zarar tölovini olişi kerak.
Şuningdek, Mehnat kodeksining 194-moddasiga binoan xodimning vafoti munosabati bilan iş beruvçi marhumning olti yillik örtaça iş haqidan kam bölmagan miqdorda biryöla beriladigan nafaqa tölaşi ham kerak böladi. Masalan, bu miqdor örtaça 1 million söm iş haqi oladigan xodim uçun 72 million sömni taşkil etadi.
Yetkazilgan zararni tölaş tartibi qanday?
Eng avvalo Uluğbek Ahmadjonovning ölimi işlab çiqarişdagi baxsiz hodisa hisoblanadimi yoki hisoblanmaydimi degan savolga javob topiş kerak. Buning uçun baxsiz hodisa maxsus tekşiruvdan ötkazilişi lozim.
Maxsus tekşiriş viloyat Bandlik va mehnat munosabatlari boş boşqarmasi buyruğiga asosan şakllantirilgan komissiya tomonidan ötkaziladi.
Unga köra komissiya raisi — viloyat davlat mehnat texnika nazoratçisi, a'zolari — yuqori turuvçi xöjalik organi vakili, iş beruvçi, jabrlanuvçining asosiy iş joyi kasaba uyuşmasi qömitasi va iş beruvçining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş şartnomasi böyiça suğurtalovçining vakili böladi.
Maxsus tekşiriş komissiyasi 15 kun mobaynida baxsiz hodisani tekşirib çiqadi, maxsus tekşiriş dalolatnomasini tuzadi hamda közda tutilgan boşqa hujjatlarni rasmiylaştiradi.
Komissiya a'zolari jabrlanuvçilar yoki ularning oila a'zolari bilan uçraşuvlar taşkil etadilar, zarur bölsa tegişli organlarga takliflar kiritadilar yoki ijtimoiy tusdagi yordam masalalarini joyida hal qiladilar, jabrlanuvçiga yoki ölganning oila a'zolariga ularning huquqlarini tuşuntiradilar.
Qöştepa tuman hokimi Novikov axborot berişni xohlamadi
Farğona viloyatida “eng ostonasi qattiq” idoralardan biri bu – Qöştepa tumani hokimligi idorasidir. Tuman hokimligi ma'muriy binosi 2 metrli panjara tösiq bilan öralgan. Hokimiyat binosiga kiriş nazorat ötkaziş punkti orqali. “Oxrana”ning közini şamğalat qilib bino içiga qadam bosdik. Bölmadi. Nazoratçi yigit, kutib turişimiz kerakligini, tuman hokimi örinbosari çiqib, “KPP”da qabul qilişini aytdi. “Hozir çiqar ekan”, degan gapdan söng bir yarim soat ötsa-da, heç kim oldimizga kelmadi.
Tuman hokimi Ilyos Novikovning mobil aloqa vositasiga ulandik. Hokim özini dalada suğoriş işlarida ekanligi aytib, nima masalada kelganimiz bilan qiziqdi. Mutasaddiga Rişton haşaridan qaytayotib, yöl hodisasi oqibatida olamdan ötgan obodonlaştiriş xodimi masalasi böyiça kelganimizni aytdik.
Hokim: “Yöq unday bölmagan. Aytaman, sizga hozir axborotini berişadi. Uzr, uzoqdaman. Aloqa yaxşi emas”, deb suhbatni qisqa qildi. Hokimlik oldida yana bir yarim soat axborot beradigan vakilni kutdik. Heç kim kelmadi. Qorovul kimgadir telefon qilgaç, bizni içkariga qöyişdi. Lekin, hokimlik binosida kotibadan boşqa heç kim yöq edi.
Hayronmiz. Biz Qöştepa tuman hokimligidan marhum Uluğbek Ahmadjonovning xizmat vazifasini bajariş paytida vafot etganligi hodisasi böyiça, hokimlik hamda Bandlik va mehnat munosabatlari boş boşqarmasi bilan tuzilgan komissiya işi qay darajada ketayotganligini suriştirmoqçi edik.
Hokim Ilyos Novikovning “Yöq, bu voqea haşarda bölmagan!”, degan gapiga köra, hali heç qanday komissiya iş boşlagani yöq. Lekin, biz yaxşi gumondamiz.
Maqolani yöl-transport voqeasi sodir bölganidan 12 kun ötib yozyapman. Bugun marhumning akasi telefon qilib, “Muxbir uka, yangilik bormi?” deb söradi. Uning aytişiça, heç qanday komissiya iş boşlamabdi.
Farğona viloyat Bandlik va mehnat munosabatlarining işga joylaştiriş bölimi boşliği Asrorbek Saidov bu hodisadan bexabar ekanligini aytib, izohni boşqarmaning inspeksiya bölimidan oliş mumkinligini aytdi. Lekin, inspeksiya bölimi bilan boğlanib bölmadi.
Hokimlik şov-şuv bölişidan xavotirlanib, falokat haşardan qaytişda bölganini yaşirişga harakat qilayotgan bölişi mumkin. Baribir bu muammo bir kuni yuzaga çiqadi.
Öylaymizki, maxsus komissiya tuziladi va işni xolisona körib çiqadi. Marhumning yaqinlari, ayoli ikki farzandiga millionlar emas, milliard bersangiz ham öksik qalbini töldira olmaysiz.
Qaytayotganimizda marhumning qizaloği Mohlaroy darvozadan mungli qarab qoldi...
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi