Qurbonlik Alloh taologa atab qilingani uçun uni soğ-salomat, heç bir nuqsonsiz bölişiga uriniş Alloh taologa nisbatan yuksak odobni körsatadi. Qurbonlikning göşti ham, qoni ham Alloh taologa kerak emasligi va yetmasligi aniq. U zotga faqat taqvo yetadi, xolos. Göşti va qoni yetmasa ham, qurbonlik qilinadigan hayvonning aybu nuqsonsizini topiş esa, taqvoning barkamolligi uçun urinişdir...
Payğambar sollallohu alayhi vasallam özlarining hadislarida:
«Qurbonlik qilinglar! Çunki, u otangiz Ibrohimning sunnatidir», deganlar.
Imom Ahmad ibn Hanbal, Ibn Moja va al-Hokimlar rivoyat qilgan hadisda esa: «Kim imkonga ega bölib turib, qurbonlik qilmagan bölsa, zinhor namozgohimizga yaqinlaşmasin», deyilgan. Boşqalar qurbonlik qilişni «sunnati muakkada» deganlar.
Payğambarimiz alayhissalom sahobai kiromlarga Islom ta'limotlaridan tuşuntiriş olib boruvçi suhbatlaridan birida Qurbon bayrami, uning musulmon ummati hayotida tutgan örni haqida söz yuritib quyidagilarni aytdilar: «Qurbonlik kunini iyd qilişga amr qilindim. Uni Alloh bu ummat uçun qilgandir», dedilar».
Demak, Qurbonlik kunini bayram qilişni Alloh taolo amr qilgan ekan. Odamlar özlariça maslahat qilişib qaror qilmagan ekanlar. Hattoki, Payğambar sollallohu alayhi vasallamning özlarining fikrlari yoki qarorlari ham emas, balki, Alloh taoloning Payğambar sollallohu alayhi vasallamga qilgan amri ekan.
Oişa roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Odamzot söyiş kuni qon çiqarişdan köra Allohga mahbubroq iş qilgan emas. Albatta, u(hayvon)lar qiyomat kuni şoxlari, junlari va tuyoqlari bilan kelurlar. Albatta, qon yerga tuşişidan oldin Allohning huzuridagi makonga yetur. Uni çin köngilla çiqaringiz», dedilar». Termiziy rivoyati.
Şarh: Uşbu hadisi şarifda Payğambar sollallohu alayhi vasallam öz ummatlarini qurbonlik qilişga tarğib qilmoqdalar.
«Odamzot söyiş kuni qon çiqarişdan köra Allohga mahbubroq iş qilgan emas».
«Söyiş kuni» arabçada «Yavmun Nahri»—nahr kuni deb aytiladi. «Nahr» tuya söyişga işlatiladigan söz ekanini oldin örganganmiz. Arablarda qurbonlikka odatda köproq tuya söyilgani uçun uşbu istiloh işlatiladigan bölib qolgan.
Demak, qurbon hayitining birinçi kuni Alloh taolo uçun eng mahbub iş-qurbonlik söyiş ekan. Bu kuni qurbonlikka söyilgan hayvonlar esa, şundoqqina söyilib ketavermas, balki, «Albatta, u(hayvon)lar qiyomat kuni şoxlari, junlari va tuyoqlari bilan kelurlar».
Mavzuga oid
Va qurbonlik qilgan banda foydasiga guvohlik berurlar. Ammo, bu qilingan qurbonlikning savobi qiyomat kuni aniqlanadi degani emas.
«Albatta, qon yerga tuşişidan oldin Allohning huzuridagi makonga yetur».
Qurbonlik qilinayotgan hayvon tomoğiga piçoq tortilganda çiqqan qon yerga tuşmasdan turib uning savobi Alloh taoloning huzuridagi makonga yetib boradi. Bas, şundoq ekan, «Uni çin köngilla çiqaringiz».
Öşa qon çiqarişni sidqi dildan, ixlos ila amalga oşiringiz.
Uşbu hadisi şarifda har bir imkonini topgan mömin-musulmon qurbonlik qilişi naqadar savobli iş ekani oçiq-oydin körinib turibdi.
QURBONLIKKA KIFOYa QILADIGAN VA KIFOYa QILMAYDIGAN NARSALAR
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam ikkita şoxli ola qöçqorni qurbonlik qildilar. Ularni öz qöllari bilan söydilar, tasmiya aytdilar, takbir aytdilar va oyoqlarini böyniga qöydilar». Beşovlari rivoyat qilgan.
Şarh: Uşbu rivoyatda vasfi kelayotgan hayvonlar qurbonlik uçun eng munosib hisoblanadi. Çunki Payğambar sollallohu alayhi vasallamning qilganlari şundoq.
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam ikkita şoxli ola qöçqorni qurbonlik qildilar».
Ilojini topgan odam şoxli ola qöçqor qurbonlik qilsa yaxşi. Bölmasa, kifoya qiladigan qanday hayvon bölsa ham, bölaveradi. Payğambar sollallohu alayhi vasallamning nima uçun bitta emas ikkita qöçqorni qurbonlik qilganlari hikmati keyinroq ayon böladi.
«Ularni öz qöllari bilan söydilar»
Demak, söyişni biladigan odam qurbonligini öz qöli bilan söymoği afzaldir.
«tasmiya aytdilar, takbir aytdilar»
Söyiş paytida, «Bismillahi, Allohu Akbar!» demoq kerakdir. Çunki, Payğambar sollallohu alayhi vasallam şundoq qilganlar.
«va oyoqlarini böyniga qöydilar».
Ya'ni, Payğambar sollallohu alayhi vasallam muborak oyoqlarni qurbonlikka söyilayotgan qöçqorning böynining öng tomoniga qöydilar. Çunki, söyiladigan hayvonni sekin, lutf ila çap biqiniga yotqiziladi. Söyuvçi öng qöli bilan piçoqni, çap qöli bilan hayvonning boşini uşlab turib söyadi.
Oişa roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam qora bilan bosadigan, qora bilan çökkalaydigan va qora bilan nazar soladigan qöçqor olib kelişga amr qildilar. Bas, uni qurbonlik qiliş uçun keltirildi va U zot: «Ey, Oişa, piçoqni keltir! Toşga qayrab yubor!» dedilar. Men öşandoq qildim. Bas, u zot uni oldilar. Söngra qöçqorni yonboşiga yotqazib, söydilar va: «Bismillahi! Ey, bor Xudoyo! Muhammaddan, oli Muhammaddan va ummati Muhammaddan qabul qilgin», dedilar va uni qurbonlik qildilar». Beşovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.
Şarh: Bu hadisi şarifdan qurbonlikka oid bir neça masalalarni örganamiz.
1. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam qora bilan bosadigan, qora bilan çökalaydigan va qora bilan nazar soladigan qöçqor olib kelişga amr qildilar».
Rivoyatdagi «qora bilan bosadigan, qora bilan çökkalaydigan va qora bilan nazar soladigan» degani, oyoği qora, qorani qora va közining atrofi qora, deganidir. Demak, uşbu vasfga ega qöçqorni qurbonlik qiliş afzaldir. Şuningdek, öşa vasfdagi hayvonni izlab topişga uriniş ham afzal.
Rivoyatdagi «amr qildilar» degan iboradan qurbonlikni birovga aytib oldiriş mumkinligi çiqadi.
2. «Bas, uni qurbonlik qiliş uçun keltirildi»
Muqtado, maşğul kişilarning qurbonliklarini qölidan şu iş keladigan kişilar keltirib berişlari mumkinligi uşbu iboradan anglanadi.
6. «Bismillahi! Ey, bor Xudoyo! Muhammaddan, oli Muhammaddan va ummati Muhammaddan qabul qilgin», dedilar».
Qurbonlik söyadigan kişi boşqa vaqtlardagi söyişdagi kabi «Bismillahi»ni aytmoği şartligi.
Qurbonlik qiluvçi kişi Alloh taolodan öz qurbonligini qabul etişni söramoği kerakligi.
Qurbonlik qiluvçi kişi ahli ayolining nomidan ham qilsa yaxşi bölişi.
Payğambar sollallohu alayhi vasallam öz ummatlari nomidan ham qurbonlik qilganlari.
Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Musinnadan boşqani söymanglar. Faqat sizga qiyin bölib qolgandagina qöyning jaza'asini söysangiz bölur», dedilar». Muslim, Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilgan.
Şarh: «Musinna» tuyadan bölsa, beş yoşli, qoramoldan bölsa, ikki yoşli, qöy-eçkidan bölsa, bir yoşli bölganidir.
«Jaza'a» Abu Hanifa rahmatullohi alayhining aytişlariça, qöy-eçkidan bölsa, olti oyligi böladi.
Demak, imkoni bor odam kamida bir yoşli qöy yoki eçki qurbonlik qilişi kerak. Agar kambağalligi tufayli, qöli qisqalik qilib, bir yoşli qöy-eçkining ilojini qila olmasa, olti oylik bölsa ham, kifoya qilaveradi.
Yana öşa kişidan rivoyat qilinadi. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan Hudaybiyada bir tuyani yetti kişi nomidan, bir sigirni yetti kişi nomidan söydik». Abu Dovud, Muslim va Termiziylar rivoyat qilgan.
Şarh: «Hudaybiya» Makkai Mukarramaga yaqin bir joyning nomi bölib, Payğambar sollallohu alayhi vasallam boşliq sahobalar Madinai Munavvaradan umra uçun kelganlarida muşriklar yölni tösganlari uçun öşa yerda turib qolganlar. Orada sulh tuzilib, unda bu yil musulmonlar Makkai Mukarramaga kirmay qaytib ketadilar, degan band bölgani uçun, Payğambar sollallohu alayhi vasallam atalgan qurbonliklarini şu yerning özida söyib, sahobalarni ham şundoq qilişga amr etganlar.
Ana öşanda Jobir roziyallohu anhuning aytişlariça, yetti kişidan bitta tuya yoki qoramol söyilgan ekan. Ana öşa narsa şariatimiz hukmidir. Tuya va qoramol qurbonlik qilinadigan bölsa, ulardan har biriga yetti kişi şerik bölsa, bölaveradi.
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan safarda edik. Qurbon bayrami kelib qoldi. Bas, şerik bölib bir qoramolni yetti kişi va bir tuyani ön kişi söydik». Termiziy va Nasaiy rivoyat qilgan.
Şarh: Bu rivoyatda bir sigirni yetti kişi şerik bölib qurbonlik qilişi durust ekanligi ta'kidlanmoqda. Ammo, bir tuyada ön kişi şerik bölişini mötabar mazhablardan birortasi ham olmagan.
«Tört narsa qurbonlikka joiz emas»
Ya'ni, tört xil aybga ega hayvonlarni qurbonlik qilib bölmaydi.
1. «Ğilayligi oçiq-oydin hayvon». Demak, közida oçiq-oydin bilinib turadigan ğilayligi bor hayvonni qurbonlik qilib bölmaydi. Agar sezilar-sezilmas bölsa, mayli, deydi ulamolarimiz. Modomiki, sezilarli darajada ğilay bölgan hayvonni qurbonlik qilib bölmas ekan, undan köra kattaroq aybga ega bölgan, misol uçun, közi kör bölgan hayvonni qurbonlik qilib bölmasligi turgan gap böladi.
2. «Bemorligi oçiq-oydin hayvon». Ya'ni, körganda kasalligi bilinib turadigan hayvonni ham qurbonlik qilib bölmaydi. Bas, şundoq ekan kasalligi tufayli örnidan tura olmay qolgan va şunga öxşaş holdagi hayvonlarni qurbonlik qilib bölmasligi aniq böladi.
3. «Çöloqligi oçiq-oydin hayvon». Yurişidan çöloqligi aniq bilinib turadigan hayvonni qurbonlik qilib bölmaydi. Agar çöloqligi bilinar-bilinmas bölsa, qurbonlik qilsa bölaveradi.
Hayvonning oyoqlaridagi nuqsoni oçiq-oydin çöloqlikdan yuqori, misol uçun, bir oyoği kesik bölsa, mutlaqo qurbonlik qilib bölmaydi.
4. «Miyasi çatoq hayvon». Miyasida nuqsoni bor hayvonni ham qurbonlik qilib bölmaydi. Köpinça çorvadorlar bundoq hayvonlarni «aylanboş» deb ataydilar.
Demak, qurbonlik qiliş uçun hayvon tanlaş paytida mazkur kamçiliklar bölmasligiga alohida e'tibor bermoq lozim ekan.
Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizlarni köz va quloğini yaxşilab körib olişimizga; ğilayni, muqobalani, mudobarani, xarqoni va şarqoni qurbonlik qilmasligimizga amr qildilar. Men: «Muqobala nima?» dedim. «Quloğining bir tomoni kesilgan», dedi. «Mudobara nima?» dedim. «Quloğining uçi kesilgan», dedi. «Şarqo nima?» dedim. «Quloği yorilgan», dedi. «Xarqo nima?» dedim.
«Quloği belgi uçun yirtilgan», dedi». Sunan egalari rivoyat qilgan.
Şarh: Qurbonlik qilinişi közlangan hayvonning közidagi aybi qançalik e'tiborda ekanini avval gapirib ötildi. Bu hadisi şarifda asosan qurbonlik qilişga olinadigan hayvonning quloğidagi ayblariga e'tibor beriş haqida ketmoqda.
Ulamolarimiz, agar qurbonlik qilinadigan hayvon uşbu hadisi şarifda zikr qilingan barça ayblardan xoli bölsa, ayni muddao böladi, qurbonlik barkamol böladi, deganlar.
Şu bilan birga, mazkur ayblardan ba'zisi bor hayvonlarni qurbonlik qilsa, böladi, ham deganlar. Barkamol bölmaydi-yu, lekin qurbonlik örniga ötadi.
Yana öşa kişidan rivoyat qilinadi. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam quloği kesik va şoxi siniqlarni qurbonlik qilişdan qaytardilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilgan.
Şarh:Bu masalaga muhaddislar, agar quloğining yarmidan köpi kesik va şoxining yarmidan köpi siniq bölsa, degan izohni kiritişgan. Faqihlar esa, bu hadisi şarifda gap barkamollik haqida ketmoqda. Şuning uçun ham kifoya qilsa, böldi, deydigan bölsak, quloği kesik va şoxi siniq ham kifoya qilaveradi, deydilar. Uşbu, qurbonlikka tanlangan hayvonning barkamol bölişi lozimligi haqidagi hadisi şariflardan ikkita hikmatni mulohaza qilamiz.
Birinçi hikmat: Musulmonlarning Allohga nisbatan yuksak odoblari.
Qurbonlik Alloh taologa atab qilingani uçun uni soğ-salomat, heç bir nuqsonsiz bölişiga uriniş Alloh taologa nisbatan yuksak odobni körsatadi. Qurbonlikning göşti ham, qoni ham Alloh taologa kerak emasligi va yetmasligi aniq. U zotga faqat taqvo yetadi, xolos. Göşti va qoni yetmasa ham, qurbonlik qilinadigan hayvonning ayb-u nuqsonsizini topiş esa, taqvoning barkamolligi uçun urinişdir.
Ikkinçi hikmat: Kambağallarning köngillarini kötariş. Ularga yaroqsiz bölib qolgan, nuqsonli hayvonlar göştini emas, eng afzal hayvonlar göştini sovğa qiliş yaxşi iş. Bunda kambağallarning köngillari kötariladi. Özlarini muhtaram kişilar sifatida his etadilar.
QURBONLIKNING ODOBLARI VA UNI SAQLAŞ JOIZLIGI HAQIDA
Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam söyiş kuni ikkita şoxli, ola, biçma qöyni söydilar. Ikkisini yuzlantirganlaridan söng: «Albatta, men yuzimni osmonlaru yerni yaratgan Zotga, Ibrohimning millatida bölgan, töğri yölga moyil bölgan holimda yuzlantirdim va men muşriklardan emasman. Albatta, mening namozim, ibodatlarim, hayot va mamotim olamlarning Robbi Alloh uçundir. Uning şerigi yöq. Ana şunga buyurilganman. Va men eng avvalgi musulmonlardanman. Ey, bor Xudoyo, bu Sendan va Senga Muhammaddan va uning ummatidan. Bismillahi va Allohu Akbar», dedilar söngra söydilar». Abu Dovud va Ibn Moja rivoyat qilgan.
Şarh: Bu hadisi şirifdagi yangilik gaplardan biçilgan hayvonni ham qurbonlik qiliş mumkinligi haqidagi hukmni ta'kidlaşimiz lozim.
Ikkinçi narsa esa, qurbonlik söyiş vaqtida öqiladigan duo. Ana öşa duoni örganib olib qurbonlik söyayotganda öqilsa, maqsadga muvofiq böladi.
Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kimning söyadigan qurbonligi bölsa, Zul-Hijjaning oyi köringandan boşlab, to qurbonlik qilguniça, soçidan ham, tirnoğidan ham heç narsani olmasin», dedilar». Beşovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.
Şarh: Qurbonlik söyişni niyat qilgan odam va uning oila a'zolari Zul-Hijja oyi kirgan kundan boşlab, to qurbonlik qilingunça soçlari va tirnoqlarini oldirmay yurişlari lozim. Kim bu işni, ya'ni, soç va tirnoq oldirişni qilsa, makruh işni qilgan böladi. Zul-Hijja oyining birinçi ön kunida soç va tirnoqlarni olmay yurişning sababi esa, qurbonlik qilganda undan köproq a'zo iştirok etsin, toki, qiyomatda Alloh taolo qurbonlik sababidan uni dözaxdan ozod qilganda köproq a'zosi ozod bölsin, degan yaxşi umiddir.
Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Heç bir kişi öz qurbonligidan uç kundan söng yemasin», dedilar». Muslim va Termiziy rivoyat qilgan.
Şarh: Bu hadisi şarif vaqtinçalik va ma'lum sababga köra aytilgan bölib, qurbonlik qilgan kişi uç kun içida özi yemasa, qurbonlik göştini sadaqa qilib yuborişni taqozo qiladi.
Salama ibn al-Akva' roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim qurbonlik qilsa, uçinçi kundan keyin uyidan undan biror narsa bölgan holida tong otdirmasin», dedilar. Kelasi yili bölganda: «Ey, Allohning Rasuli, ötgan yili qilganimizdek qilaylikmi?» deyildi. U zot: «Yenglar! Taomlantiringlar! Saqlab qöyinglar! U yili odamlar qiyinçilikda edilar. Ularga yordam berişingizni xohlagan edim», dedilar». Beşovlari rivoyat qilgan.
Şarh: Demak, Payğambar sollallohu alayhi vasallam musulmonlar oçarçilik tufayli qiyinçilikka duçor bölgan yillari qurbonlikning göştini uç kundan ortiq saqlab turişni ma'n qilganlar. Mazkur holat ötib töqçilik bölganda esa, ham özlari yeb, ham özgalarga berib, ham saqlab qöyişga ruxsat berganlar.
Uşbu hadisi şarifga binoan, ulamolarimiz, oddiy holatlarda Qurbonlikning göştini uçga bölib, bir qismini yegani, ikkinçi qismini kambağallarga bergani, uçinçi qismini saqlab qöygani yaxşi, deydilar.
Muhtojlar köpayganda esa, ularning rioyasini qiliş zarurdir.
QURBONLIK HAQIDA QÖŞIMÇA MA'LUMOTLAR
Qurbonlik qurbon hayiti kunlari söyiladigan hayvondir.
Fuqaholar istilohida qurbonlik «Maxsus hayvonni maxsus vaqtda söyişdir».
Qurbonlik şariatga ikkinçi hajriy sanada kiritilgan.
Hanafiy mazhabi böyiça qurbonlik qiliş vojibdir.
Qurbonlik qiliş hur, baloğatga yoşiga yetgan, oqil, muqim va zakot nisobiga molik bölgan musulmon şaxsga vojib böladi. Hanafiy mazhabi böyiça musofirga qurbonlik qiliş vojib bölmaydi.
Qurbonlik qilişning vaqti hayit kunining tongi otiş bilan kiradi va uçinçi hayit kunining quyoşi botişi bilan çiqadi. Faqat qurbonlikni hayit namozini öqib bölgandan keyingina qilina boşlanadi.
Agar qurbonlikka atalgan hayvon qoçib ketib örniga boşqasi olingan bölsa, keyin avvalgisi ham topilib qolsa, ikkisini ham söyiladi.
Qurbonlik qilinadigan hayvonlar mol, qötos, tuya, qöy va eçkilardan iboratdir. Bu hayvonlarning erkagi ham, urğoçisi ham, biçilgani ham, biçilmagani ham qurbonlik qilinsa, bölaveradi. Boşqa hayvonlarni qurbonlik qilib bölmaydi.