Hayit bayramlari qadimdan yurtimizda özgaça, xalqimizga xos mehr-muruvvat, bağrikenglik va saxovat ifodasi bölib kelgan. Har yili Prezidentimizning hayit bayramlarini nişonlaş töğrisidagi qarorlarida joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqimizning milliy va diniy qadriyatlariga mos ravişda ötişi uçun tegişli tadbirlarni amalga oşirişga qator mutasaddi taşkilotlar jalb qilinadi. Bularning barçasi davlatimiz tomonidan yurtimiz musulmonlariga körsatilayotgan yuksak e'tibor namunasidir.
Qurbonlik qiliş zakot, fitr sadaqasi kabi moliyaviy ibodat bölib, u Qur'oni karim, hadisi şarif va ijmo' bilan sobitdir. Alloh taolo marhamat qiladi: “Biz (ötgan) barça ummatga Alloh bergan çorva mollarini (söyiş) oldidan Uning nomini zikr qilişlari uçun – qurbonlik qilişni buyurganmiz. Bas, (barçalaringizning) ilohingiz bir Ilohdir. Bas, Ungagina böyin suningiz va (ey, Muhammad!) Itoat qiluvçilarga xuşxabar bering!” (Hoj, 34).
Baro ibn Ozib (roziyalohu anhu) rivoyat qiladi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bunday deganlar: “Bugungi birinçi qiladigan işimiz avval iyd namozini öqiş, söngra uyga qaytib qurbonlik qilişimizdir. Kimdakim şunday qilsa, u sunnatga muvofiq iş qilibdi. Kimdakim namozdan oldin qurbonlik qilsa, u oilasi uçun tayyorlagan oddiy göşt, ya'ni qurbonlik emasdir”.
Qurbonlik qiliş boşqa ibodatlar kabi Alloh uçun deyilsa-da, aslida bandasining manfaati uçundir. Qurbonlik qilingan hayvonning göştidan söygan odamning özi va faqir-miskinlar manfaatdor böladi. Alloh taolo esa insonning qalbidagi niyatiga köra muomala qiladi. Qur'oni karimda marhamat qilinadi: “Allohga (qurbonlik) göştlari ham, qonlari ham yetib bormas. Lekin u Zotga sizlardan taqvo yetar. Alloh sizlarni hidoyat qilgani sababli – U zotni uluğlaşlaringiz uçun – ularni sizlarga böysundirib qöydi. Ezgu iş qiluvçilarga xuşxabar bering!” (Haj, 37).
Haqiqatan, qurbonlikka söyilgan hayvonlarning göştlariga ham, qonlariga ham Alloh taolo muhtoj emas. Qurbonlik qilişdan maqsad bandaning Yaratuvçi amriga itoatini va taqvosini namoyon etişdir.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) hadisi şarifda marhamat qilib: “Qurbonlik qiliş çiroyli amallardandir. U bandani dunyoda balolardan va oxiratda ofatlardan himoya qiladi. Hayit namozini öqib, qurbonlik söygan möminlar mening ummatimdandir”, – deganlar.
Qurbonlik söyişning avvali hayit namozini ado etilganidan söng söyiladi. Uning oxirgi vaqti esa hayitning uçinçi kuni asr vaqtigaçadir.
Qurbonlik qiluvçining qurbonlik söyiş vaqtida hozir bölişi mustahabdir.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) qizlari Fotima (roziyallohu anho)ga: “Borib qurbonliginga şohid böl. Uning birinçi tomgan qoni bilan barobar sening ötgan gunohlaring mağfirat qilinur”, - dedilar. “Ey Allohning rasuli! Bu bizga – ahli baytga xosmi yoki musulmonlarga umumiymi?”, - dedilar Fotima (roziyallohu anho). Şunda Sarvari koinot: “Yöq, musulmonlarga umumiy”, - deb javob berdilar.








