XTV xalq ta'limi tizimida 27ta biznes loyihani taklif etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tizimda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun sarmoyadorlar o‘rtasida tanlovlar e'lon qildi.
Vazirlik o‘z rasmiy saytida davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha 27 ta e'lonni chop etdi. Loyihalar 8 viloyatda va Toshkent shahrida amalga oshiriladi.
Loyihalarning 5 tasida bo‘sh yer uchastkalarida sport majmualari, shuningdek 22 tasida esa nodavlat umumiy ta'lim muassasalarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Tanlov talablariga ko‘ra, DXSh obektlari g‘oliblarga e'londa ko‘rsatilgan muddatga qadar beg‘araz foydalanish uchun taqdim etiladi.
Loyihalar doirasida hamkorlar ijtimoiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan bir guruh o‘quvchilarni o‘qitish, binolarni qurish va rekonstruksiya qilish hamda maktablarning moddiy-texnik bazasini yangilash bo‘yicha majburiyatlarni qabul qilishi kerak. Shu bilan birga, loyiha hamkori bitim amal qilish muddati davomida DXSh obektining asosiy faoliyat turini o‘zgartirmagan holda foydalanishi shart.
Tanlovda ishtirok etishni istagan tadbirkor va sarmoyadorlar joriy yilning 12 sentabr kuniga qadar quyidagi manzil bo‘yicha murojaat etishi mumkin: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, 100031, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Mirobod ko‘chasi, 14-uy.
Tanlov shartlari va unda ishtirok etish bo‘yicha ma'lumot olish uchun vazirlikning Maktablarning istiqbolli modellari va davlat-xususiy sheriklik boshqarmasiga murojaat etish mumkin.
Mavzuga oid
20:17 / 05.11.2024
Ma’rifiy faoliyat bilan ruxsatsiz shug‘ullanganlik uchun javobgarlik belgilandi
17:18 / 05.11.2024
Raqobat kuchli: Xitoydagi ta’lim tizimi yoshlar orasida ruhiy tushkunlikka sabab bo‘lmoqda
14:30 / 02.11.2024
DXSh loyihalarini amalga oshirish tartibi tasdiqlandi
16:29 / 21.10.2024