Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailandda metallolom o‘g‘rilari poyezdning relslardan chiqib ketishiga sababchi bo‘lishdi
Tailand janubida relslarni yog‘och shpallarga mahkamlaydigan 66 dona qotirgichning o‘g‘irlanishi natijasida yo‘lovchi poyezdning oltita vagoni izidan chiqib ketdi, deb xabar berdi Bangkok Post gazetasi.
Voqea Bangkokdan 180 kilometr uzoqlikdagi Cha-Am stansiyasi hududida sodir bo‘lgan. Poyezd vagonlarida yo‘lovchilar bo‘lmagani sababli hech kim jarohat olmagan. Poyezd harakati bir necha soatga to‘xtatilgan.
Politsiya o‘g‘irlangan qotirgichlarni Cha-Am shahrida metallolom sotish bilan shug‘ullanuvchi shaxsning omboridan topgan. U o‘g‘irlangan buyumlarni sotib olishda gumonlanib qo‘lga olingan.
Ombor egasi qotirgichlarni bir necha kun oldin noma'lum shaxslardan sotib olganini aytgan.
Mavzuga oid
19:02 / 24.05.2026
Tailandga 60 kunlik vizasiz kirish tartibi bekor qilindi
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
17:19 / 20.05.2026
Tailand sayyohlar uchun vizasiz rejim qoidalarini kuchaytirmoqda
10:21 / 30.04.2026