Jahon | 16:53 / 22.08.2019
6261
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya Yaponiya bilan razvedka ma'lumotlari almashishni to‘xtatdi

Foto: AP Photo/Eugene Hoshiko

Koreya Respublikasi Yaponiya bilan razvedka ma'lumotlarini almashish bo‘yicha kelishuvdan chiqishga qaror qildi. Bu haqda Koreya prezidenti huzuridagi milliy xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Kim Yu Ginga asoslanib Yonhap agentligi xabar berdi.

"Hukumat Yaponiya bilan razvedka ma'lumotlarini almashishni to‘xtatishga qaror qildi", - dedi Kim Yu Gin.

Uning ta'kidlashicha, "Yaponiya Janubiy Koreyaning ishonchli savdo hamkorlari ro‘yxatidan chiqarilishi sabablarini izohlab berolmagan".

Bundan tashqari Kim Yu Ginning bildirishicha, "bundan buyon muhim harbiy ma'lumotlar almashish bo‘yicha shartnomani uzaytirish Koreya Respublikasi milliy manfaatlariga javob bermaydi".

2 avgust kuni Yaponiya hukumati Janubiy Koreyani ishonchli savdo hamkorlari ro‘yxatidan chiqardi. Mazkur qaror rasman 28 avgustda kuchga kiradi.

1 iyulda Tokio Janubiy Koreyaga yarim o‘tkazgichlar va turli elektron qurilmalar ekranlari ishlab chiqarishda zarur bo‘ladigan uch turdagi xomashyoni yetkazib berish ustidan nazoratni kuchaytirgandi.

Mavzuga oid