Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxning «Manas-14» YPX maskanida chaqaloq dunyoga keldi
13 avgust kuni Toshkent – Samarqand yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan avtomobil salonidagi yo‘lovchilardan biri H.Qorajonbekovaning tobi qochganini sezgan haydovchi «Manas-14» yo‘l patrul xizmati maskanida avtomashinani to‘xtatadi.
M-39 «Olmaota – Toshkent – Termiz» avtomobil yo‘lining Jizzax viloyatidan o‘tuvchi 939-kilometrida joylashgan «Manas» yo‘l patrul xizmati maskanida xizmat olib borayotgan YPX inspektorlari holatni ko‘rib, ayolni zudlik bilan postda tashkil etilgan tibbiy yordam ko‘rsatish xonasiga olib kirishadi.
Homiladorlikning so‘nggi oylarida bo‘lgan X.Qorajonbekova shu yerda ko‘zi yorib, qiz farzandni dunyoga keltiradi.
Yo‘l patrul xizmati hodimlari va tibbiyot xodimlari shu kuni ona va bolaning hayotini saqlab qolishdi.

Jizzax viloyat IIB YHXB tashabbusi bilan uzoq masofaga harakatlanuvchi haydovchi va yo‘lovchilarga tibbiy yordam ko‘rsatish xonasi haydovchilarning hushyorligini, ayniqsa, transport boshqaruvchilarining rul boshqarayotib uxlab qolishining oldini olish, haydovchilar va yo‘lovchilarga sifatli, tez tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgandi.
Shifokorlarning bildirishicha, bugun ona va bola sog‘lom. Ularning holidan muntazam xabar olinmoqda. Jizzax viloyat IIB YHXB xodimlari bayram arafasida H.Qorajonbekova xonadonida bo‘lib yo‘l patrul postida dunyoga kelgan chaqaloqning holidan xabar ham olishdi.

Mavzuga oid
11:52 / 31.01.2026
Zominda “Suffa” platosida Tracker va Cobalt xandaqqa tushib ketdi
11:31 / 31.01.2026
Jizzax viloyati hokimiga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi
18:59 / 25.01.2026
Jizzax viloyatida 11 yoshli o‘quvchi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
20:34 / 15.01.2026