O‘zbekiston | 16:26 / 22.08.2019
35628
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston armiyasida bo‘yi 190 sm.dan baland bo‘lgan harbiylarga qanday imtiyozlar beriladi?

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston armiyasida bo‘yi 190 sm va undan baland bo‘lgan harbiy xizmatchilar qo‘shimcha oziq-ovqat payogi bilan ta'minlanadi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma'lum qildi.

Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Axborot texnologiyalari vazirligi hamda DXX rahbarlari tomonidan tasdiqlangan qo‘shma qarorning 30-moddasida ushbu imtiyozning berilish shartlari ko‘rsatib o‘tilgan.

Unga ko‘ra, harbiy vrachlar komissiyasi xulosasiga ko‘ra, bo‘yi 190 sm va undan yuqori bo‘lgan harbiy xizmatchilarga qo‘shin turiga qarab, beriladigan oziq-ovqat payogining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha berilishi ko‘zda tutilgan.

Oziq-ovqat payogi o‘rnida beriladigan badal pullari, ya'ni bir oyda eng kam ish haqining 3 barobari (669000 so‘m) miqdorida qo‘shimcha payoksiz to‘lab beriladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid