Shahar jamoat transportida ID Card to‘lov tizimini joriy etish taklif qilindi
Shahar jamoat transportida ID Card to‘lov tizimi joriy etilishi mumkin.
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida shahar jamoat transportlarida ID Card to‘lov tizimini joriy etish haqida petitsiya e'lon qilindi.
Qayd etilishicha, xorijiy davlatlar tajribasidan ma'lumki, shahar jamoat transportlari bo‘lmish avtobus, trolleybus, metro va tramvaylarda ID Card to‘lov tizimi yo‘lga qo‘yilgan. ID Card plastik karta ko‘rinishida bo‘lib, maxsus belgilangan joylardan xarid qilish (hisobini to‘ldirish) mumkin va ko‘p marotaba foydalanishga mo‘ljallangan bo‘ladi.
“Hozirgi vaqtda Toshkentdagi parklar - Ashxobod va Lokomotivda bu tizim ishlamoqda. Mazkur tizimning joriy etilishi natijasida jamoat transportlarida naqd pul aylanmasi deyarli bo‘lmaydi. Bunda fuqarolarning o‘z kartasiga bemalol pul tashlash imkoniyati yaratilishi lozim bo‘ladi”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Bildirilishicha, qonunchilikda imtiyozlardan foydalanishi belgilangan fuqarolar alohida ID Card olishlari va o‘z imtiyozlarini saqlab qolishlari kerak. Karta shaxsga daxldor bo‘lmay bitta kartadan yaqinlaringiz, qarindoshlaringiz ham foydalanishi mumkin bo‘ladi.
“Ushbu tizimni ishga tushirish orqali shahar jamoat transporti vositalarida fuqarolarga qulaylik yaratiladi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, ushbu tizimni ishga tushirishni taklif qilaman”, - deyiladi petitsiyada.
Mavzuga oid
10:03 / 02.09.2024
“Xalq nazorati” portali orqali qilingan murojaatlar soni 45 mingdan oshdi
17:55 / 28.08.2024
Ko‘p kvartirali uylarning boshqaruvchilari sudga murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi
08:34 / 16.05.2024
Soliq qo‘mitasiga eng ko‘p murojaat qaysi hududlardan kelib tushayotgani aytildi
15:07 / 10.04.2024