Batalon taktik o‘quv mashg‘ulotlarida shaxsiy tarkibning jangovar shayligi sinovdan o‘tkazildi
Mudofaa vazirligi Toifalangan obektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligining Toshkent va Farg‘ona shaharlarida joylashgan harbiy qismlarida hamkorlikdagi vazirlik va idoralar bo‘linmalari ishtirokida «Qo‘riqlanayotgan obektning xavfsiz faoliyatini ta'minlash» mavzusida batalon taktik-maxsus o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar davomida jalb etilgan batalonlarni yuqori jangovar shaylik darajasiga keltirish, navbatchi kuchlar tomonidan shaxsiy tarkibni tezkorlik bilan xabardor qilish va yig‘ish, toifalangan obektlar va harbiy qismlarning doimiy joylashuv joylari qo‘riqlovini kuchaytirish tadbirlari o‘z vaqtida, belgilangan tartibda amalga oshirildi.
Mazkur o‘quv mashqlarining amaliy qismida qo‘riqlanayotgan obektlar hududiga begona shaxslarning noqonuniy tarzda kirishiga yo‘l qo‘ymaslikka, obektlar hududiga qo‘lbola portlash vositalarini olib kirilishi oldini olishga, qurollangan hujumni qaytarishga, toifalangan obektlar hududiga kirib olgan tartibbuzarlarni izlash, qurshab olish va zararsizlantirish masalalariga asosiy e'tibor qaratildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi IIV, FVV va DXXning hamkorlikdagi bo‘linmalari bilan birgalikda, alohida belgilangan o‘quv joylarida, yong‘in o‘choqlarini barataraf qilish, qo‘riqlanayotgan obektlar atrofida tezkor-profilaktik va razvedka-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish, blokpostlar ishini tashkil qilish, aniqlangan qo‘lbola portlash moslamalarini zararsizlantirish hamda tartibbuzarlarni qo‘lga olish t
Mavzuga oid
20:57 / 11.11.2024
Germaniya TIV rahbari mudofaa xarajatlarini oshirishga chaqirdi
19:02 / 28.10.2024
O‘zbekiston dunyoning eng kuchli armiyalari reytingida 20 talikka kirdi
18:22 / 18.08.2024
Tergov Shoyguning sobiq o‘rinbosarining boshqa jinoyatlarga ham aloqadorligini tekshiradi
18:32 / 13.08.2024