Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda oliy ta'lim muassasalari filiallari ochilishi mumkin
Foto: O‘zA
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Jizzax viloyatida oliy o‘quv yurtlari filiallarini ochish haqida petitsiya e'lon qilindi.
Qayd etilishicha, hozirgi kunda Jizzax viloyati hududida Jizzax davlat pedagogika instituti hamda Jizzax davlat politexnika institutlari faoliyat yuritmoqda.
“Mening taklifim shuki, Jizzax viloyatida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Toshkent davlat kimyo texnologiyalari instituti filiallarining ochilishi – rivojlanib kelayotgan Jizzax viloyati ijtimoiy va iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga hamda viloyatni yosh mutaxassis kadrlar bilan ta'minlashga xizmat qiladi”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Bildirilishicha, Jizzax viloyati respublikaning markazida joylashganligi boshqa viloyat yoshlarining ham bu yerga kelib bilim olishiga qo‘shimcha qulayliklarni yaratadi.
“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Jizzax viloyatida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Toshkent davlat kimyo texnologiyalari instituti filiallarini tashkil qilishni taklif qilamiz”, - deyiladi petitsiyada.
Mavzuga oid
10:54 / 18.12.2025
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘ldi
13:55 / 11.12.2025
Jizzaxda bedarak yo‘qolgan IIB xodimi Bo‘stonliqdan topildi. U firibgarlikda gumonlanmoqda
22:21 / 06.12.2025
Xitoylik investorlar Jizzaxdagi volfram konini ishga tushirmoqda
14:14 / 02.12.2025