Jahon | 19:32 / 26.08.2019
13677
1 daqiqa o‘qiladi
Yevropa kosmik agentligi Rossiyaning "Soyuz" kemalardan voz kechdi
Yevropa kosmik agentligi yaqin yillarda astronavtlarni Xalqaro kosmik stansiyaga olib chiqish uchun Rossiyaning "Soyuz" kemalaridan foydalanmaydi. Bu haqda agentlikning Rossiyadagi doimiy vakolatxonasi rahbari Rene Pishel ma'lum qildi.
"Yaqin yillarda astronavtlarimiz Amerika kemalarida parvoz qilishadi", - dedi Pishel.
Uning ta'kidlashicha, buning sababi Yevropa astronavtlari Amerika kvotalari bo‘yicha parvoz qilishayotganidadir.
Rossiyaning "Soyuz" kemalari XKSga kosmonavtlarni olib chiquvchi yagona vositadir. AQSh o‘z kemalarini ishlab chiqmoqda.
Hozirda ekipajlar XKSga "Soyuz-FG" raketasi yordamida olib chiqilmoqda.
Mavzuga oid
17:29 / 15.10.2024
XKS uchun o‘rinbosar: AQSh kompaniyasi yangi kosmik stansiya loyihasini taqdim etdi
16:15 / 12.09.2024
«Soyuz MS-26» kemasining Rossiya va AQShdan bo‘lgan ekipaji XKSga yetib bordi
14:22 / 28.06.2024
SpaceX XKSni orbitadan olib chiqish uchun apparat quradi
08:40 / 07.06.2024