Jahon | 20:50 / 27.08.2019
5534
1 daqiqa o‘qiladi

Pokiston Hindiston uchun o‘z havo sarhadini butunlay yopish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Foto: Global Look Press

Pokiston bosh vaziri Imron Xon Hindiston uchun mamlakat havo sarhadi yopilishi mumkinligini istisno etmadi. Bu haqda mamlakat axborot va teleradioeshittirishlar vaziri Favod Ahmad Choudri ma'lum qildi.

"Bosh vazir Hindiston uchun mamlakat havo sarhadini butunlay yopish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Shuningdek, vazirlar mahkamasi yig‘ilishida Hindistonni Pokiston orqali Afg‘oniston bilan bog‘lovchi quruqlik yo‘nalishlarini ham taqiqlash masalasi muhokama qilindi", - deyiladi vazirning bayonotida.

U vazirlar mahkamasi rejalashtirilgan qadamlarning yuridik jihatlari o‘rganilayotganini qayd etdi.

Pokiston muhim aviatsion yo‘lak markazida joylashgan bo‘lib, uning havo sarhadidan foydalanishni cheklash yuzlab tijorat va yuk tashuv parvozlariga ta'sir qiladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid