Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uchtepadagi xonadonga deraza orqali kirib, o‘g‘rilik sodir etgan shaxslar ushlandi
2019 yil 18 avgust kuni noma'lum shaxs Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi 48 yoshli U.M.ning uyiga deraza oynasi orqali kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u xonadan 13 500 000 so‘m puli, “HP” rusumli noutbuki va 3 turdagi zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chevar ko‘chasida yashovchi 28 yoshli P.T. va Uyg‘ur tor ko‘chasida yashovchi 31 yoshli X.Sh. sodir etganliklari aniqlanib ushlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
10:37 / 07.07.2026
Toshkentda onlayn qimor uchun mashina o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi
12:05 / 07.01.2026
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
14:39 / 06.01.2026
Germaniya tarixidagi eng yirik bank o‘g‘riligi: birinchi muhim dalil topildi
11:55 / 03.01.2026