Jamiyat | 18:51 / 31.08.2019
5447
5 daqiqa o‘qiladi

An'anaviy avgust kengashlari: yangicha ruh, yangicha mazmun

Bu yilgi an'anaviy avgust kengashlari Maktabgacha ta'limi tizimida “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida va Respublikamiz mustaqilligining 28 yilligini munosib nishonlash arafasiga to‘g‘ri keldi. Jizzax viloyati maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari uchun o‘tkazilgan an'anaviy avgust konferensiyasida yosh avlod tarbiyasining birinchi va muhim bo‘g‘ini bo‘lgan mazkur sohadagi ishlarni jadallashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi, kelgusidagi vazifalar haqida so‘z yuritildi 

Ta'kidlanganidek, bugun Jizzax viloyatida 3-6 yoshli bolalar soni 111890 nafar bo‘lib, shundan 53695 nafari (48,%) 551 ta maktabgacha ta'lim muassasalariga jumladan 191 ta davlat maktabgacha ta'lim muasssalariga 43036 nafar, 19 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta'lim muassasalariga 1685 nafar, 326 ta oilaviy-nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalariga 8150 nafar, 15 ta xususiy maktabgacha ta'lim muassasalariga 824 nafar bolalar qamrab olingan.

2018 yil yakunida Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida jami guruh soni 1471 tani tashkil etib, 33626 nafar tarbiyalanuvchilar qamrab olingan bo‘lsa, 2019 yil 20 avgust holatiga Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida jami guruh soni 1775 tani tashkil etib, 42854 nafar tarbiyalanuvchilar tizimda faoliyat ko‘rsatmoqda.

”Jizzax viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 dekabrdagi “2019 yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4067-sonli qaroriga asosan 2019 yilda 25 ta maktabgacha ta'lim muassasalarida (3525 o‘rinli) obektda rekonstruksiya qilish ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Ushbu ishlarga Davlat budjeti hisobidan jami shartnoma bo‘yicha obektlar qiymati 78 mlrd 101 mln so‘m mablag‘ rejalashtirilgan xozirgi kunda 68.1 % ga 53 mlrd 162 mln so‘m bajarilgan qurilish ta'mirlash ishlariga moliyalashtirildi. Ushbu 25 ta Maktabgacha ta'lim muassasalarida xozirgi kungacha 75 % qurilish ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Natijada 3525 nafar tarbiyalanuvchilarga zamonaviy ta'lim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratib beriladi. Bu o‘z navbatida ta'lim sifati va samaradorligining oshishiga xizmat qiladi”, - deydi Jizzax viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasi rahbari Nizomiddin Toshbekov.

 “Aytish joizki, bugun ta'lim-tarbiya ayniqsa maktabgacha ta'lim tizimiga juda ko‘plab o‘zgartirishlar kiritilmoqda ,yangicha yondashuvlar tatbiq etilmoqda. Ta'lim sohasida ko‘zlangan maqsad ham tizimni rivojlangan mamlakatlar ta'lim jarayoni bilan tenglashtirish, har tomonlama intellektual yoshlarni tarbiyalashdan iboratdir. Jizzaxda aynan maktabgacha ta'lim sohasida juda ko‘p yutuqlarga erishilayotgani quvonarli holdir. Birgina uy bog‘chalari, davlat xususiy sherikchilik asosida maktabgacha ta'lim muassasalarining tashkil etilishi respublikamizdagi boshqa viloyatlarda faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta'lim tizimi boshqarmalariga  o‘rnak tarzda ko‘rsatilmoqda. E'tiborli jihati shundaki, ushbu konferensiyaga kelgan ishtirokchilar uch guruhga bo‘linib  Jizzax shaxridagi  eng ilg‘or, jumladan 37- sonli MTM, “Shahnoza bolajon“ nomli davlat xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta'lim tashkiloti hamda “Afrosiyob kuchi“ ta'lim maskanlarida turli mavzularda, ekologik tarbiya, to‘garaklar faoliyati, musiqa cholg‘u asboblari bilan ishlash, ingliz tili fanidan yangi innovatsion texnologiya asosida dars mashg‘ulotlari, ota –onalar bilan pazandachilik markazida ish olib borish kabi sho‘'ba yig‘ilishlarida ishtirok etishdi. Mashg‘ulotlar davomida tarbiyachi pedagoglar o‘z bilim ko‘nikmalarini ishtirokchilar bilan bo‘lishishdi”, - deydi Maktabgacha ta'lim vazirligi Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Gulbahor Parpiyeva

An'anaviy avgust kengashlaridja Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus asosida ta'lim muassasalarida amalga oshirilgan ishlar ko‘rgazmasi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Yangi rejalar mashg‘ulotlar, bahs-munozara tarzda bo‘lib o‘tgan tadbir so‘ngida maktabgacha ta'lim tizimining tashabbuskor, faol pedagog - tarbiyachilariga viloyat hokimligining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Jizzax viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi

Mavzuga oid