Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google YouTube orqali bolalarga oid ma'lumotlarni to‘plagani uchun 200 mln dollar jarima to‘laydi
Google kompaniyasi YouTube videoplatformasida bolalarga oid ma'lumotlar to‘g‘risidagi qonunni buzgani uchun 200 million dollar jarima to‘lashga rozi bo‘ldi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.
O‘tgan yili shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish bo‘yicha guruhlar koalitsiyasi Federal savdo komissiyasiga YouTube voyaga yetmaganlarga oid ma'lumotlarni ularning ota-onalari roziligisiz to‘plagani va bu ma'lumotlardan manzilli reklamada foydalangani ustidan shikoyat qilgandi.
Nashrning eslatishicha, Google 2012 yilda ham xuddi shu qonunbuzarlik uchun jarima to‘lagan, ammo o‘shanda jarima miqdori hozirgidan o‘n barobar kam bo‘lgan.
Amerika qonunchiligiga ko‘ra, 13 yoshdan kichik bolalar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni faqatgina ularning ota-onalari roziligi bilan yig‘ish mumkin.
Mavzuga oid
23:28 / 11.02.2026
Toshkentda yo‘l qoidabuzarliklariga oid jarimalar bo‘yicha shikoyatlar uchun Call-markaz ishga tushdi
10:50 / 10.02.2026
Temiryo‘l va metroda xavfsizlik qoidalarini buzganlik uchun jarimalar belgilandi
15:58 / 30.01.2026
Apple, Meta, Google. IT gigantlari O‘zbekistonda qancha soliq to‘layapti?
15:58 / 21.01.2026