Jahon | 20:23 / 31.08.2019
6849
2 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko shakar ishlab chiqaruvchilarga yangi bozorlar topishni buyurdi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatdagi korxonalarga ishlab chiqarilgan shakarni sotish uchun Rossiya bozoridan boshqa bozorlarni ham topishni buyurdi.

Ma'lum qilinishicha, Smolevichskiy rayoniga tashrifi davomida Lukashenko qand lavlagi hosilining qanday bo‘lishi va shakar bozoridagi vaziyat bilan qiziqqan. Unga bu yilgi hosil o‘tgan yilgidan ham yuqori bo‘lishini, ammo an'anaviy bozorlarda shakar ortig‘i bilan ekanligini bildirishgan. "Rossiyada shakar ortib qolgani uchun uning kilogrammini 50 tiyinga arzonlatish taklif qilinmoqda", deb ma'lumot berilgan unga.

"Menga nolimang. Sizlarning ishingiz dehqonlar yetishtirgan narsani sotish. Rossiya dunyodagi yagona mamlakat emas. Hozirdan harakatni boshlash kerak. Nafaqat dalada ishlash kerak, balki sotiladigan bozorlarni topish kerak. Qishloqdagilar yetishtirib, tayyorlab berishadi, biz esa sotishda yordam berishimiz kerak", - deya topshiriq bergan Lukashenko amaldorlarga.

"Shakarni qayerda sotishni o‘ylang", - degan u qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyati va Minsk oblasti gubernatoriga.

Mavzuga oid