Shvetsiya Rossiya tufayli yangi soliq joriy etmoqchi
Shvetsiya hukumati Rossiya bilan munosabatlar keskinlashayotgani sababli mamlakat mudofaa budjetini oshirish maqsadida banklar uchun yangi soliq joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar qildi.
Shvetsiya mudofaa vaziri Magdalena Andersson yangi soliqni adolatli qaror deb hisoblamoqda. Uning izohiga ko‘ra, moliyaviy inqiroz vaqtida banklarga federal budjet yordami zarur bo‘ladi. Shu bois kredit muassasalari ko‘proq soliq to‘lashi lozim.
Ammo bank sohasidagilar yangi soliq kiritilishini tanqid qilishdi. Ularning fikricha, mamlakat g‘aznasini moliyaviy inqiroz yuz berganida qo‘llab-quvvatlash uchun banklar yuqori miqdorda ajratma o‘tkazmoqda.
Shvetsiya bankirlar assotsiatsiyasi banklar birjada savdo qiladigan kompaniyalarga nisbatan kamroq daromad olishiga e'tibor qaratdi.
Mavzuga oid
22:40 / 05.11.2024
Mudofaa «yashil energetika»ga qarshi: Shvetsiya 13 ta shamol generatori qurilishiga ruxsat bermadi
21:59 / 02.11.2024
Shvetsiyada noqonuniy migrantlarga qarshi kurash kuchaytiriladi
08:00 / 16.10.2024
O‘zbekistonning yangi elchisi Stokholm shahriga keldi
22:05 / 05.10.2024