Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik harbiy razvedkachilar “Oltin ukki – 2019” xalqaro musobaqasida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
28 avgust-2 sentabr kunlari Qozog‘istonning “Spassk” o‘quv poligonida razvedkachilar o‘rtasida “Oltin ukki – 2019” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.
Mazkur musobaqada O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi ham ishtirok etib, ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Birinchi o‘rin mezbon davlatga nasib etgan bo‘lsa, kuchli uchlikka rossiyalik razvedkachilar yakun yasadi.
Shuningdek, musobaqada Belaruss, Rossiya, Hindistondan kelgan jamoalar hamda Qozog‘iston Mudofaa vazirligining o‘zidan 5 ta jamoa ishtirok etdi.
Razvedkachilar musobaqa davomida 12 turdagi turli murakkab o‘quv-jangovar mashqlarni bajardi. Har bir guruh 100 kilometrdan ortiq bo‘lgan masofani bosib o‘tdi.
Bundan tashqari, maxsus bo‘linmalar maxfiy joylarni jihozlash, murakkab hududlarda razvedka va qidiruv ishlarini olib borish, dushmanlarning kutilmagan hujumlarini qaytarishdi, suvli to‘siqlarni bosib o‘tish va harbiy topografiya, o‘t ochish va muhandislik mashg‘ulotlarini o‘tkazdilar.




Taqdirlash marosimida O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga Qozog‘iston harbiy razvedkasining ramzi bo‘lgan – kumush ukki sovg‘a qilindi.
Mavzuga oid
16:31 / 16.07.2025
«Harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq» - Surxondaryoda O‘zbekiston va Rossiya harbiylari mashg‘ulot boshladi
20:32 / 11.01.2025
Qozog‘iston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat bo‘yicha yetakchiga aylandi
20:57 / 11.11.2024
Germaniya TIV rahbari mudofaa xarajatlarini oshirishga chaqirdi
19:02 / 28.10.2024