O‘zbekiston | 20:16 / 04.09.2019
4405
2 daqiqa o‘qiladi

Biznes-ombudsman aralashuvi bilan korxonaga kompensatsiya undirib berildi va noqonuniy undirilgan soliq tadbirkorga qaytarildi 

Biznes-ombudsman devonining Surxondaryo viloyatida faoliyat yurituvchi xodimlari “Asqar-Akram Akmal” xususiy korxonasining manfaatini himoya qilib, Sherobod tumani iqtisodiy sudiga ariza bilan murojaat qildi. 

Ma'lum qilinishicha, “Asqar-Akram Akmal” xususiy korxonasining davlat va jamoat extiyojlari uchun buzdirilgan savdo do‘koni va oshxonasi binosining bir qismi uchun kompensatsiya to‘lovlari yoki avvalgisiga teng qiymatida yer maydoni ajratish ishlari amalga oshirilmagan. 

Buzdirilgan binolarning bahosi mustaqil baholovchilar tomonidan 129 million so‘mga baholanganligi sababli mazkur kompensatsiya to‘lovlarini xususiy korxonaga undirib berilishi so‘ralgan.

Biznes-ombudsman devonining Surxondaryo viloyatida faoliyat yurituvchi xodimlari aralashuvi bilan da'vogarning arizasi to‘liq qanoatlantirilib, “Asqar-Akram Akmal” xususiy korxonasi foydasiga 129 million so‘m kompensatsiya undirildi.

Shuningdek, Toshkent shahridagi “Sardoba Company” MChJ Yunusobod tumani davlat soliq inspeksiya xodimlarining xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, Biznes-ombudsmanga murojaat qildi. 

Aniqlanishicha, DSI tomonidan o‘tkazilgan kameral nazorat natijasida “Sardoba Company” MChJga nisbatan qo‘shimcha soliq summasi hisoblanib, Soliq kodeksining 70-moddasiga zid ravishda jamiyat hisob-raqamidan 54 million so‘m undirilgan.  

Biznes-ombudsman aralashuvi bilan tadbirkorning buzilgan huquqlari tiklanib, “Sardoba Company” MChJdan noqonuniy undirilgan soliq summasi qisqa muddat ichida tadbirkorning hisob raqamiga qaytarildi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid