O‘zbekiston | 09:47 / 05.09.2019
11599
1 daqiqa o‘qiladi

Hududlarda pedagogika institutlari tashkil etish taklif qilindi

Foto: O‘zA

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida hududlarda pedagogika yo‘nalishidagi institutlarni tashkil etish haqida petitsiya e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, pedagog – ta'lim va tarbiya sohasida amaliy ish olib boradigan yoki pedagogika muammolarini fan sifatida o‘rganib, rivojlantiradigan shaxs. Pedagog – jamiyat hayotidagi eng muhim kasblardan biri hisoblanadi. 

“Hozirgi kunda pedagoglarni tayyorlash bo‘yicha sanoqli pedagogika institutlari mavjud. Bular, Nukus davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Chirchiq davlat pedagogika instituti va boshqalar bo‘lib, pedagogika sohasi kadrlarini tayyorlovchi pedagogika institutlari barcha viloyatlarda ham tashkil etilmagan”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Petitsiyada yuqoridagilarni inobatga olgan holda, hududlarda pedagogika yo‘nalishidagi institutlarni tashkil etish taklif qilingan.

Mavzuga oid