Jamiyat | 21:13 / 06.09.2019
8009
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqand xalqaro aeroportining rekonstruksiyasi boshlandi

6 sentabr kuni Samarqand xalqaro aeroportining turargohi hamda uchish-qo‘nish yo‘lagini rekonstruksiya qilish ishlari boshlab yuborildi. Bu haqda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, mazkur rekonstruksiya ishlari Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimidagi korxonalar tomonidan amalga oshirilmoqda. Keng ko‘lamdagi bu ishlarga 150 dan ortiq transport va texnika vositalari jalb etilgan. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti joriy yil 26 iyul kuni Samarqand shahriga tashrifi chog‘ida Samarqand xalqaro aeroportini rivojlantirishga oid rekonstruksiya loyihasi bilan tanishgan, bu yerda yana bir terminal qurish, uchish-qo‘nish yo‘lagini rekonstruksiya qilish, samolyotlar turargohini kengaytirish, radiolokatsiya tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi. 

Mavzuga oid