Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand xalqaro aeroportining vaqtinçalik terminali oldida yölovçilar uçun yetarli şaroitlar yaratilmagani ta'kidlangan xabar tarqaldi. «Samarqand xalqaro aeroporti» MÇJ ma'muriyati mazkur holat böyiça munosabat bildirdi.
Munosabatda yozilişiça, bugun Samarqand xalqaro aeroporti hududida modernizatsiya işlari olib borilmoqda. Uning yangi loyiha asosida qurilayotgan beş qavatli aerovokzali joriy yilning sentabr oyida foydalanişga topşirilişi rejalaştirilgan.
Ma'lum qilinişiça, hududda olib borilayotgan keng qamrovli quriliş işlariga qaramay aeroport öz faoliyatini töxtatgani yöq. Vaqtinçalik aerovokzalda turli aviaqatnovlar muntazam amalga oşirib kelinmoqda. Vaqtinçalik aerovokzalda maxsus uskunalar yordamida mö'tadil havo harorati saqlab turilgan bölsa-da, u barça yölovçilarga bir vaqtda xizmat körsatişga möljallanmagan. Karantin talablaridan kelib çiqib, yölovçilar binoga navbat asosida kiritilmoqda. Ammo röyxatga oliş vaqtida ba'zi fuqarolarning belgilangan tartibga böysunmay, navbatsiz röyxatdan ötişga urinişi oqibatida tartibsizlik kelib çiqmoqda. Aeroport ma'muriyati mas'ul xodimlarni ogohlantirib, jarayonda nazoratni kuçaytiriş yuzasidan körsatmalar bergan.
Qayd etilişiça, aeroport hududining asosiy qismida quriliş işlari olib borilayotgani sababli vaqtinçalik aerovokzal oldida reysga erta kelgan yölovçilar kutişi uçun joy ajratilmagan. Şu sababli aeroportga erta yetib kelgan xalqaro reys yölovçilari daraxtlar osti va panjara yonidagi soyalarda röyxatdan ötişni kutişmoqda.
«Ayni vaqtda aeroport ma'muriyati mazkur muammoni mavjud imkoniyatlardan kelib çiqib bartaraf etiş çoralarini körmoqda. Amalga oşirilgan işlar haqida qöşimça ma'lumot beriladi. Aytiş joizki, aeroportning yangi aerovokzali foydalanişga topşirilsa, bu kabi kamçiliklar kuzatilmaydi. Keltirilgan vaqtinçalik noqulayliklar uçun «Samarqand xalqaro aeroporti» MÇJ jamoasi yölovçilardan uzr söraydi», deyiladi munosabatda.

















