Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Chirchiq” poligonida O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiylarining hamkorlikdagi “Qalqon – 2019” taktik mashqlari boshlandi
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Toshkent harbiy okrugidagi dala-o‘quv maydonida O‘zbekiston va Qozog‘iston Mudofaa idoralari hamkorligida «Qalqon – 2019» maxsus-taktik o‘quvlari boshlandi.
Tadbirning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general-mayor P.Ergashev va Qozog‘iston mudofaa vazirligi mas'ul ofitseri polkovnik J.Jantasov ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar hamkorlikdagi mashg‘ulotlar harbiy xizmatchilarning jangovar salohiyati, perofessional bilimlari, xalqaro terrorizmga qarshi hamkorlikda kurashishdagi mahoratini oshirish, o‘zaro tajriba almashish maqsadida o‘tkazilayotganligini ta'kidladi.







«Qalqon – 2019» o‘quvlari davomida harbiy aviatsiya kuchlari, jangovar zirhli texnikalar qo‘llanilishi, desantlashtirish jarayonlari, kunduzgi va tungi sharoitlarda o‘q otish mashqlari kabi qator mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Xalqaro harbiy hamkorlik doirasidagi maxsus-taktik tadbirlar 14 sentyabrga qadar davom etishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
16:31 / 16.07.2025
«Harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq» - Surxondaryoda O‘zbekiston va Rossiya harbiylari mashg‘ulot boshladi
20:32 / 11.01.2025
Qozog‘iston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat bo‘yicha yetakchiga aylandi
20:57 / 11.11.2024
Germaniya TIV rahbari mudofaa xarajatlarini oshirishga chaqirdi
19:02 / 28.10.2024