O‘zbekiston | 18:00 / 10.09.2019
3745
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston «WorldSkills International»ga a'zo bo‘ladi

O‘zbekiston mamlakatda kasbiy ta'lim sohasiga hamda ishchi-mutaxassislar malakasini baholash tizimiga Worldskills standartlarini joriy qilish maqsadida «WorldSkills International» xalqaro uyushmasiga a'zo bo‘lishni rejalashtirmoqda. Bu haqda BvaMMV vaziri birinchi o‘rinbosari Erkin Muhiddinov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Erkin Muhiddinov

«Shu munosabat bilan vazirlik huzuridagi ishsizlar uchun kasbiy ta'lim markazlarini qayta ta'mirlash, markazlarni yangi o‘quv uskunalari bilan ta'minlash va zamonaviy kasbiy standartlarini joriy qilish maqsadida Osiyo taraqqiyot banki tomonidan 100 mln AQSh dollari miqdorida imtiyozli kredit ajratildi. 

«WorldSkills Uzbekistan» uyushmasi loyihalari doirasida kasbiy ta'lim markazlarining qisqa muddatli o‘quv kurslari bo‘yicha o‘quv dasturlari va me'yorlari ishlab chiqiladi. Buning natijasida katta yoshli kishilarning uzluksiz kasbiy ta'limini ta'minlovchi ochiq ta'lim resurslari paydo bo‘ladi», - dedi Erkin Muhiddinov.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid