Erkin Muhiddinov 1976 yilda Andijon viloyatida tuğilgan. 1997 yilda Andijon iqtisod boşqaruv instituti (bakalavr), 2000 yilda Bank-moliya akademiyasi (magistratura), 2007 yilda esa Yaponiyadagi Rivojlanayotgan iqtisodiyotlar instituti Oliy maktabini tamomlagan.
Tayinlovga qadar Taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, «Turon» bank, Markaziy bank, Vazirlar Mahkamasi, Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligida rahbar lavozimlarda hamda Ohangaron tumani hokimi bölib işlagan.
Erkin Muhiddinov şu yil oktyabr oyi örtalarida faoliyatidagi kamçiliklar va sohadagi işlar qoniqarsiz olib borilayotgani uçun Toşkent viloyati hokimining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etilgandi.













