Erkin Madorbekoviç Muhitdinov Ekologiya vazirligi huzuridagi Örmon xöjaligi agentligiga direktor vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Erkin Muhiddinov 1976 yilda Andijon viloyatida tuğilgan. 1997 yilda Andijon iqtisod boşqaruv instituti (bakalavr), 2000 yilda Bank-moliya akademiyasi (magistratura), 2007 yilda esa Yaponiyadagi Rivojlanayotgan iqtisodiyotlar instituti Oliy maktabini tamomlagan.
Turli yillarda turli banklarda işlagan, 2017 yil iyunida bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinçi örinbosari bölgandi. 2023 yil yanvarida uning lavozimi kambağallikni qisqartiriş va bandlik vaziri örinbosariga özgargan, 2023 yil avgustida Toşkent viloyati Ohangaron tumani hokimi lavozimiga tuşirilgan, 2024 yil mayida Toşkent viloyati hokimi lavozimiga kötarilgan, bu işda beş oy işlagaç, oktyabr oyi örtalariga kelib faoliyatidagi kamçiliklar va sohadagi işlar qoniqarsiz olib borilayotgani uçun Toşkent viloyati hokimining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etilgandi.
2024 yil dekabrida esa u vazirlikning Örmon, bioxilmaxillik va ekoturizm siyosatini yuritiş departamenti boşliği lavozimiga tayinlangandi.
U endi yangi lavozimda 2017 yil mayidan buyon işlab kelgan Nizomiddin Bakirov örnini egalladi.














