Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hongkongda namoyishchilar va ularga qarshilar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi
Hongkongning qator hududlarida hukumatdan norozi namoyishchilar va ularga qarshi guruhlar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi. Bu haqda RTHK teleradiokorporatsiyasi xabar qildi.
Tartibsizliklar xususan, Koulun-bey rayonida sodir bo‘lgan. Savdo markazlaridan birida Pekin tarafdorlari bo‘lgan yuzlab kishilar to‘plangan. Ular shu yerda bo‘lgan norozi namoyishchilarni haqoratlay boshlagan. Dahanaki jang mushtlashuvga aylanib, bir necha kishi jarohatlangan.
Qator qo‘shni rayonlarda ham xuddi shunday to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan.
Hongkongdagi ommaviy norozilik namoyishlari uch oydan buyon davom etmoqda. 4 sentabr kuni mahalliy ma'muriyat rahbari Kerri Lam namoyishchilarning talablaridan birini bajarishga rozi bo‘ldi – Xitoyga ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokamadan olib tashlandi. Bunga qaramasdan, muxolifat namoyishlarni davom ettirmoqda.
Mavzuga oid
20:50 / 10.06.2026
Hongkongda 168 kishi halok bo‘lgan yong‘in ishi bo‘yicha ayblov e’lon qilindi
09:01 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin
08:32 / 03.06.2026
Hongkongdan O‘zbekistonga yangi havo yo‘nalishi ochilishi mumkin
15:06 / 04.05.2026