Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ohangaronda haydovchining rulda uxlab qolishi ikki nafar piyodaning o‘limiga olib keldi
15 sentabr kuni soat 08:30larda Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida yashovchi 24 yoshli R.R. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomashinasini Toshkent viloyatining Ohangaron tumani Oybuloq mahallasi hududidan o‘tuvchi “Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon-O‘sh” yo‘lining 126-km.da boshqarib ketayotib uxlab qolgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, oqibatda haydovchi yo‘l chetiga chiqib ketib, piyodalar - Bo‘ka tumanida yashaganlar 36 yoshli O‘.A. va 34 yoshli Sh.N.larni urib yuborgan.
Natijada O‘.A. jarohat olib voqea joyida vafot etgan. Sh.N. kasalxonaga yotqizilgan hamda ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
09:00 / 05.07.2026
Mundialdagi debyutga rasmiy baho, qimmatlayotgan benzin va o‘pirilgan damba - hafta dayjesti
13:12 / 04.07.2026
“Malibu bolani 100 metrgacha sudrab ketgan” – Andijondagi mudhish hodisa tafsilotlari
10:30 / 04.07.2026