Jahon | 19:44 / 16.09.2019
3026
1 daqiqa o‘qiladi

Volkswagen «dizelgeyt» sababli Avstraliyadagi xaridorlariga 87 mln dollar to‘lashga rozi bo‘ldi

Volkswagen avtokonserni ekologik chiqindilar o‘lchagichlarining dasturiy ta'minotida soxtakorlikka yo‘l qo‘ygani uchun kompaniyaga qarshi ommaviy da'vo qo‘zg‘atgan xaridorlarga 127 mln Avstraliya dollari (87,2 mln AQSh dollari) to‘lashga rozi bo‘ldi.  

Yakuniy qarorni Avstraliya federal sudi chiqaradi. Agarda sud kompensatsiyaning o‘rtacha summasini ma'qullasa, har bir da'vogar 1,4 ming Avstraliya dollari miqdorida pul oladi.

Avstraliyada sotilgan 100 mingga yaqin mashinada o‘lchagichlar zararli chiqindilar ko‘rsatkichini pasaytirib ko‘rsatishi bilan bog‘liq soxtakorlikdan foydalanilganligi taxmin qilinmoqda.  

Volkswagen 2015 yil sentyabrda AQShda ma'lumotlarni soxtalashtirganini tan olgandi. Kompaniya 18 mlrd dollardan ortiq jarima va kompensatsiya to‘laydi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid