Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy koreyalik dengizchilar Rossiya chegarachilariga hujum qilishdi
Yapon dengizida Shimoliy Koreyaga qarashli shxuna ekipaji rossiyalik chegarachilarga hujum qildi, uch nafar harbiy jarohatlandi. Bu haqda Rossiya FXX jamoatchilik bilan aloqalar markazi xabar qildi.
"Shimoliy Koreya shxunasi ekipaji (45dan ortiq kishi) tomonidan chegara kemasining kuzatuv guruhi a'zolariga qurolli hujum uyushtirildi. Uch nafar harbiy xizmatchi turli darajada tan jarohati oldi", - deyiladi xabarda.
Xabar qilinishicha, Rossiya FXX Primore o‘lkasi chegara boshqarmasining kema tarkibi dengiz biologik resurslarini qo‘riqlash bo‘yicha tadbir o‘tkazgan.
Yapon dengizidagi Rossiya iqtisodiy hududida o‘tkazilgan tadbir davomida Shimoliy Koreyaning brakonerlik bilan shug‘ullanayotgan ikkita shxunasi va 11ta motoboti aniqlangan. 21 nafardan iborat ekipaj a'zolari bo‘lgan bitta kema ushlangan.
Mavzuga oid
18:48
Rossiyada daromadi yashash minimumidan past bo‘lgan migrantlarga patent berilmaydi
15:06
Ishinger: Epshteyn ishida Rossiya izi bo‘lsa, hayron bo‘lmayman
14:58
Nemislarning ko‘pchiligi Rossiyadan keyin AQShni tinchlikka eng katta tahdid deb hisoblaydi
14:16