O‘zbekiston | 08:12 / 20.09.2019
10767
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning yetakchi moliyaviy markazlari ma'lum qilindi 

Foto: REUTERS

Nyu-York dunyoning yetakchi moliyaviy markazi nomini o‘zida saqlab turibdi. Uning ortidan esa London va Hongkong kelmoqda. Bundan Britaniyaning Z/Yen Group tahliliy kompaniyasi saytida e'lon qilingan “Jahon moliyaviy markazlari indeksi” (The Global Financial Centres Index) darak bermoqda.

Doklad mualliflari AQShning eng yirik megapolisiga 790 ball berishgan. Uning Yevropa va Osiyodagi eng yirik raqobatchilari – London va Hongkongga mos ravishda 773 va 771 ball berilgan. Keyingi o‘rinlarni Singapur (762), Shanxay (761), Tokio (757) va Pekin (748) egallamoqda.

Ilk bor yetakchi o‘ntalikka Dubay (740), Shenchjen (739) va Sidney (738) kirgan. Ular o‘ntalikdan Toronto, Tsyurix va Frankfurtni chiqarib yuborgan.

Ro‘yxatga hammasi bo‘lib 104 ta shahar kiritilgan. Markaziy Osiyo davlatlaridan ro‘yxatga faqat Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton kiritilgan (51-o‘rin). E'tiborlisi, Nur-Sulton Rossiya poytaxti Moskvadan (71-o‘rin) 20 pog‘ona yuqoriroq o‘rin egallagan. 

Jahon moliyaviy markazlari indeksi 2007 yildan beri tuzila boshlangan va har yarim yilda yagilanib turadi. Ballarni hisoblashda 5 ko‘rsatkich hisobga olinadi: biznes-muhit, moliya, infratuzilma, inson kapitali va nufuz. Ushbu tadqiqot 26-sonli bo‘lib, unda oxirgi o‘rinlarni Tyanszin, Nankin va Xanchjou (hammasi Xitoy) egallagan.

Mavzuga oid