Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShdagi tungi klubda otishma yuz berdi: ikki kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi yaralandi
Janubiy Karolina shtatining Lankaster okrugidagi tungi klubda sodir bo‘lgan otishma natijasida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Fox News telekanali xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, noma'lum shaxslar Old Skool Spors Bar & Grill tungi klubida otishma sodir etgan.
"Ikki kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi jiddiy jarohatlandi", — deb ma'lum qildi okrug sherifi Barri Feil.
Telekanal xabariga ko‘ra, kamida sakkiz kishi yaralangan.
Politsiya tekshiruv boshladi, otishma sodir etganlar qidirilmoqda.
Mavzuga oid
19:05 / 18.07.2026
Yangi davr urushlari: nimalar o‘zgardi, maqsadlar-chi?
11:32 / 18.07.2026
Apacheʼni “qulatgan” iroqlik dehqon – Amerika harbiy vertolyotini miltiqda urib tushirib bo‘ladimi?
22:21 / 17.07.2026
Urush yana qaytalandi. Nega?
20:40 / 17.07.2026