Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurilish-pudrat tashkilotlari assotsiatsiyasi tashkil etiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Qurilish-pudrat tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qurilish-pudrat tashkilotlari assotsiatsiyasini tashkil etadi va Assotsiatsiya nizomini ishlab chiqib, tegishli tartibda tasdiqlaydi.
Assotsiatsiyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
qurilish-pudrat tashkilotlarining talabiga muvofiq ular faoliyatini ISO-9001 xalqaro standartga mos ravishda rivojlantirishga qaratilgan dasturiy qo‘llanmalar ishlab chiqish va tarqatish;
qurilish-pudrat tashkilotlariga ISO-9001 xalqaro sertifikatini olish uchun ko‘maklashish;
xorijiy davlatlarning qurilish normalari va qurilish ishlarini olib borish tartiblarini o‘rganib chiqqan holda, xorijiy davlatlarda o‘tkaziladigan tender savdolarida qurilish-pudrat tashkilotlarining qatnashishi uchun ko‘rsatma va yo‘riqnomalar ishlab chiqish;
qurilish-pudrat tashkilotlarining mutaxassis va xodimlarini sohada ilg‘or qurilish texnologiyalarini tatbiq qilish uchun xorijiy davlatlarning yetakchi qurilish-pudrat tashkilotlariga malaka oshirishini hamda o‘quv kurslariga yuborilishini tashkil etish;
qurilish-pudrat tashkilotlarining ishchilarini ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlarida tashkil etiladigan malaka oshirish kurslarida va sayyor o‘quv kurslarida o‘qitilishini tashkil etish;
qurilish-pudrat ishlari sohasida yangiliklarni tatbiq qilish bo‘yicha hududiy va respublika miqyosidagi seminarlarni tashkil qilish;
qurilish-pudrat tashkilotlari bilan tuzilgan shartnoma asosida huquqiy xizmat ko‘rsatish;
qurilish-pudrat xizmatlari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
litsenziya olish uchun zaruriy hujjatlarni to‘plash va taqdim etishga ko‘maklashish;
obektlarning qurilish-montaj ishlarini bajarish bo‘yicha tender savdolarida ishtirok etish qurilish-pudrat tashkilotlariga zaruriy hujjatlarni to‘plash va taqdim etishga ko‘maklashish;
Respublika va hududiy shaharsozlik kengashlari yig‘ilishlarida, hokimiyat, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ko‘riladigan masalalarda qurilish-pudrat tashkilotlarining manfaatlarini himoya qilish.
Assotsiatsiya faoliyatining asosiy moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilanadi:
ixtiyoriy a'zolik asosida qurilish-pudrat tashkilotlaridan olinadigan badallar;
qurilish-pudrat tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar;
xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning grantlari doirasida kelib tushadigan mablag‘lar;
o‘z mablag‘lari va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Mavzuga oid
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
11:59 / 17.12.2025