Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eymsberida zaharlangan britaniyalik Rossiyadan 1 mln funt sterling undirmoqchi
2018 yil yozida Eymsberi shahrida asabni falajlovchi modda bilan zaharlangan britaniyalik Charlz Rouli Rossiyadan 1 mln funt sterling undirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda uning advokati Patrik Makgvayrga asoslanib Daily Mirror gazetasi xabar berdi.
"Charli organizmiga tushgan zaharli modda ta'siridan jiddiy qiynalmoqda. Ammo uni ko‘proq aslida nima yuz bergani to‘g‘risidagi haqiqatni bilish tashvishlantirmoqda", - dedi Makgvayr.
Advokatning so‘zlariga ko‘ra, Rouli "adolat"ga erishish uchun unga murojaat qilgan. Makgvayr unga Rossiya hukumatiga qarshi da'vo arizasi berish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qilgan.
2018 yil 30 iyunda Eymsberi shahrida Charlz Rouli va Don Sterjyes behush holda topilgandi. Sterjyes keyinroq vafot etgan. Politsiya Roulining uyidan ichida asabni falajlovchi "novichok" moddasi bo‘lgan idishni topgan.
Mavzuga oid
10:15
Britaniya davlat xizmatchilari akkauntlari hakerlik hujumiga uchradi
09:50
Rossiya tinchlik muzokaralarini kechiktirishi mumkin - FT
09:59 / 05.07.2026
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49 / 05.07.2026