Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Liviyaga «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasining yuzdan ortiq jangchilari kelgani xabar qilindi
Foto: PA Images/TASS
Sentabr boshlarida "Vagner" xususiy harbiy kompaniyasining yuzdan ortiq jangchilari general Xalifa Xaftarning Liviya milliy armiyasini (LMA) qo‘llab-quvvatlash uchun Liviyaga kelgan, deb xabar qildi Bloomberg agentligi o‘z manbalariga tayanib.
Agentlik suhbatdoshlarining ma'lumot berishicha, "Vagner" jangchilari LMAga Tripoli hududidagi jangovar harakatlarda yordam beradi. Xabarda aytilishicha, "Vagner" jangchilari Liviyada jang qilmoqda va ayrimlari halok bo‘lgan.
LMA vakili esa mazkur armiya safida na Rossiya va na boshqa xorijiy davlat jangchilari borligini ma'lum qildi.
Liviyada qo‘shhokimlik saqlanib qolmoqda: mamlakat sharqida, Tobruk shahrida parlament, g‘arbda, Tripolida esa BMT qo‘llab-quvvatlovi ostida tashkil etilgan hukumat hukmronlik qilmoqda.
2019 yil martda The Daily Telegraph nashri o‘z manbasiga tayanib, Liviyaning Bengazi shahrida 300ga yaqin rossiyalik jangchi borligini xabar qilgandi.
Mavzuga oid
13:34 / 04.02.2026
Liviyada Qazzofiyning o‘g‘li o‘ldirildi
08:45 / 24.12.2025
Turkiyada Liviya armiyasi bosh shtabi boshlig‘i aviahalokat qurboniga aylandi
12:23 / 01.07.2025
Liviya qirg‘oqlari yaqinida Vilamoura tankeri bortida portlash sodir bo‘ldi
13:56 / 17.05.2025